Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. «Real» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

YChL. «Real» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinal bosqichi dastlabki uchrashuvida «Real» o‘z maydonida g‘alabani ushlab qola olmadi.

«Manchester Siti»ga qarshi bahsning birinchi bo‘limida Vinisius chiroyli goli bilan hisobni ochgan edi, biroq ikkinchi bo‘limda De Bryuyne uzoq masofadan Kurtua darvozasini nishonga oldi.

Real — Manchester Siti 1:1
Gollar: Vinisius (36) — de Bryuyne (67).

Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Kamavinga, Modrich (Nacho, 87), Kroos (Tchuameni, 84), Valverde, Vinisius, Rodrigo (Asensio, 81), Benzema.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Diash, Akanji, Stounz, Gundogan, de Bryuyne, Grilish, Silva, Rodri, Holand.
Ogohlantirishlar: Kroos (45+3), Gundogan (71), Kamavinga (79), Silva (86).

Javob bellashuvi 17 may kuni Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Ikkinchi yarimfinal juftligida «Milan» va «Inter» o‘zaro to‘qnash keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring