Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL. To‘rt guruhda bahslar yakunlandi: Ronaldu Messiga qarshi, «MYu» Yevropa ligasiga sho‘ng‘idi, irqchi hakamni deb o‘yin to‘xtatildi

YeChL. To‘rt guruhda bahslar yakunlandi: Ronaldu Messiga qarshi, «MYu» Yevropa ligasiga sho‘ng‘idi, irqchi hakamni deb o‘yin to‘xtatildi

Foto: «UA-Football»

Kecha oqshom Yevropa maydonlarida Chempionlar ligasining E, F, G va H guruhlaridagi so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

E guruhida muddatidan avval peshqadamga aylangan «Chelsi» «Krasnodar» bilan murosa ko‘chasini tanladi, 2-o‘rindagi «Sevilya» esa «Renn»ni mag‘lubiyatga uchratdi: inglizlar va ispanlar keyingi bosqichda.

F guruhida «Latsio» va «Bryugge» o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi, 2-o‘rinni egallagan italiyaliklar pley-offga yo‘llanma olishdi. Germaniyada kambek evaziga «Zenit»ni yenggan «Borussiya» D guruhda birinchi bo‘ldi.

G guruhida «Yuventus» Kataloniyada «Barselona»dan dastlabki uchrashuvdagi mag‘lubiyat alamini oldi: Ronaldu (2ta) va Makkennining gollariga Messi va Ko bittayam javob bera olmadi, kamiga turinliklar guruh peshqadamligini o‘zlariniki qilib olishdi. «Dinamo» Kiyev «Ferensvarosh»ni yengib, omadini Yevropa ligasida sinab ko‘radigan bo‘ldi.

H guruhida «Manchester Yunayted» Germaniyada «Leypsig»ga imkoniyatni boy berib, kiyevliklar ortidan yo‘l oldi. «PSJ» — «Istanbul» bahsi yordamchi hakam mehmonlar vakilini irqiy kamsitgani uchun 23-daqiqada to‘xtatildi. O‘yin natijasi qanday bo‘lmasin, parijliklar bir oyog‘i bilan 1/8 finalda. Darvoqe, ushbu o‘yin bugun davom ettiriladi.

Natijalar

YeChL, 6-tur, 8-dekabr

E guruhi

Chelsi – Krasnodar 1:1

Gollar: Jorjino (28, penalti) – Kabella (24).

Renn – Sevilya 1:3

Gollar: Retter (86) – Kunde (32), En-Nesiri (45+2, 81).

G guruhi

Barselona – Yuventus 0:3

Gollar: Ronaldu (13 penalti, 52 penalti), Makkenni (20).

Dinamo K – Ferensvarosh 1:0

Gol: Popov (60).

H guruhi

Leypsig – Manchester Yunayted 3:2

Gollar: Anxelino (2), Aydara (13), Klyuyvert (69) – Fernandesh (80, penalti), Pogba (82).

PSJ – Istanbul (qoldirildi)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring