Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finalda 8 gol: O‘zbekistonning guruhdoshi Olimpiada chempioni bo‘ldi

Finalda 8 gol: O‘zbekistonning guruhdoshi Olimpiada chempioni bo‘ldi

Olimpiada-2024 futbol bahslari O‘zbekiston bilan bir guruhda bo‘lgan Ispaniya yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi. Ispanlar mezbon Fransiyani mag‘lub etib, turnir chempioniga aylanishdi.

Uchrashuvda fransuzlar hisobni ochdi, biroq ispanlar darhol uchta gol bilan javob berishi.

O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Fransiya hisobni tenglashtirishga erishdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda yana ispanlar katta sahnaga chiqishdi. Kameloning dubli yirik hisobni yuzaga keltirdi.

Ispaniya tarkibida harakat qilgan Fermin Lopes turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Parij-2024. Final

Fransiya U-23 – Ispaniya U-23 – 3:5

Gollar: 1:0 – 11 Miyo, 1:1 – 18 Lopes, 1:2 – 25 Lopes, 1:3 – 28 Aleks Baena, 2:3 – 79 Akliush, 3:3 – 90+3, penalti Mateta, 3:4 – 100 Kamelo, 3:5 – 118 Kamelo.

Fransiya U-23 – Rest, Tryuffer (Loko, 90), Lukeba, Bade, Sildiyya (Sherki, 111), Shotar (Akliush, 52), Kone (Magassa, 105), Miyo (Due, 78), Olise, Lyakazett (Kalimuendo, 52), Mateta.

Ispaniya U-23 – Tenas, Miranda (Migel Guterres, 98), Kubarsi, Erik Garsiya, Pubil (Xuanlu Sanches, 73), Aleks Baena (Turrentes, 83), Barrios, Serxio Gomes, Lopes (Bernabe, 73), Oros (Pacheko, 88), Abel Ruis (Kamelo, 83).

Ogohlantirishlar: Kone (36), Bade (45+5), Bernabe (76), Aleks Baena (78), Miranda (90+2), Pacheko (94).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring