Fransiya nimaning hisobiga jahon chempioni bo‘ldi?
Fransiya futbol bo‘yicha jahon chempionatida muhojirlar tufayli g‘olib bo‘ldi, deb yozmoqda «Anado‘lu» axborot agentligi.
Fransiya terma jamoasi tarkibida bor-yo‘g‘i ikki nafar fransuz o‘yinchi bor, qolganlari asli afrikalik bo‘lgan muhojirlardir.
Muhojirlar tufayli chempionlikni qo‘lga kiritgan Fransiya endilikda migratsiya siyosatini yumshatsa kerak. Negaki, so‘nggi paytlarda migratsiya masalasida rasmiy Parij juda ko‘p tanqidga uchragan edi.
Fransiya terma jamoasi tarkibidagi 23 nafar futbolchidan 15 nafari afrikalik. Ularning aksariyati Fransiyada tavallud topgan bo‘lishsa-da, lekin ota-onalari afrikalik.
Ular: Kilian Mbappe (otasi kamerunlik, onasi Jazoyirdan), Paul Pogba (Gvineya), N’Golo (Mali), Jibril Sidi (Mali), Stiv Mandada, Presnel Kimpembe va Steven Nzonzi(Kongo), Samuyel Umtiti (Kamerun), Benjamin Mendi(Senegal), Bleyz Matuidi (Angola), Korintin Tolisso (Togo), Tomas Lemar Gvadelupe (Nigeriya), Odil Rami (Marokash), Nabil Faqir (Jazoyir), Usmon Dembele (otasi Nigeriya, onasi Mavritaniya).
Fransiya terma jamoasida bor-yo‘g‘i ikki nafar fransuz futbolchi bor. Ular: Benjamin PavardvaFlorian Florian Tauvin.
Terma jamoadagi Jibril Sidibe, N’Golo Kante, Paul Pogba, Benjamin Mendi, Nabil Faqir, Usmon Dembele va Odil Rami kabi o‘yinchilar musulmon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter