Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol jamoasi liboslaridagi raqamlarni QR-kodlarga o‘zgartirdi

Futbol jamoasi liboslaridagi raqamlarni QR-kodlarga o‘zgartirdi

Foto: «Clickorlando.com»

Markaziy Florida universiteti futbol jamoasi —  UCF o‘z liboslaridagi an’anaviy raqamlar o‘rniga QR-kodlarni joyladi.

Jamoa yangi formasini «Twitter»da ko‘rsatdi. Endi amerikacha futbol o‘ynovchilarning familiyalari ostida maxsus QR-kodlar bor: ularni skanerlab UCF jamoasi veb-saytiga kirish va futbolchilarning biografiyasi bilan tanishish mumkin.

O‘yinchilarning QR-kodlari jamoa uy stadionidagi jambotron (katta ekran)da ham aks ettiriladi.

Foto: Roy K. Miller/Icon Sportswire/Getty

Raqamlarga o‘rgangan muxlislar raqamlashtirishga nechog‘liq shay? Stadionga kelib saytga kiradimi yo futbol tomosha qiladimi? Yangilik qulaylik tug‘diradimi yo aksincha — hozircha bir nima deyish qiyin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring