Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Humo» xokkey klubi uchun mavsum omadli ochildi

«Humo» xokkey klubi uchun mavsum omadli ochildi

Kecha «Humo» xokkey klubi Toshkentda Qarag‘andaning «Sariarqa» jamoasini qabul qildi. Toshkentliklar ushbu mavsum o‘z arenasida o‘tkazgan ilk uchrashuvda raqiblari ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondilar.

Klub shu paytgacha ketma-ket 9 ta g‘alabaga ega bo‘lib, ulardan uchtasi Pro Hokei Ligasy chempionatida qo‘lga kiritilgan. «Humo» klubi 3 ta matchda eng yuqori 6 ochkoni to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Bugun Toshkentda soat 19.30 da «Humo» xokkey klubi va «Sariarqa» jamoasi o‘rtasida ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring