Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon sporti tarixidagi eng yaxshi oliyjanoblik (video)

Jahon sporti tarixidagi eng yaxshi oliyjanoblik (video)

Foto: «Sportowefakty.wp.pl»

Ispaniyalik triatlet Diyego Mentrida raqibiga medalni qurbon qildi. Uning xatti-harakati «jahon sporti tarixidagi eng yaxshi oliyjanoblik» deb tan olindi, deya xabar berdi «MIR 24».

Ispaniyaning Santander shahrida musobaqa paytida finishga bir necha metr qolganda butun masofani oldinda bosib o‘tgan va uchinchi o‘ringa da’vogarlik qilgan britaniyalik Jeyms Tigl burilishda adashib qoldi va boshqa tomonga yugurib ketdi. Mentrida uni quvib o‘tdi, biroq finish chizig‘i oldida to‘xtab, Jeymsni kutib turdi va bronza medalini raqibiga tortiq qildi.

Bir necha kundan so‘ng musobaqa tashkilotchilari Mentridani xatti-harakati uchun medal va pul mukofoti bilan taqdirlashga qaror qilishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring