«Liverpul» — «Norvich»: APLni avtogol ochib berdi

Angliya premer-ligasi yangi mavsumining ilk o‘yini «Liverpul» va «Norvich» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Liverpuldagi «Enfild» stadionidagi o‘yin maydon egalarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Deyarli hamma gol birinchi taymda urildi: g‘oliblar safida Muhammad Saloh (19-daqiqa) Virjil van Deyk (29-daqiqa) va Divok Origi (42-daqiqa) o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
Ammo mavsumning ilk goli Salohniki emas: 7-daqiqada mehmonlar himoyachisi Grant Xenli o‘z darvozasini nishonga olib qo‘ydi. 64-daqiqada esa fin hujumchisi Teyemu Pukki «Liverpul» darvozasiga yo‘l topa oldi.
«Liverpul» asosiy posboni braziliyalik Alisson 39-daqiqada jarohat olib maydonni tark etdi, uning o‘rnini ispaniyalik Adrian egalladi.
APLning keyingi turida «Liverpul» 17-avgust kuni «Sautgempton» mehmoni bo‘ladi, «Norvich» esa shu kuni «Nyukasl»ni qabul qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter