Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meliqo‘ziyevning bo‘lg‘usi raqibida doping aniqlandi — jang nima bo‘ladi?

Meliqo‘ziyevning bo‘lg‘usi raqibida doping aniqlandi — jang nima bo‘ladi?

Sergey Kovalyov.

Foto: «Vesti»

O‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev va rossiyalik Sergey Kovalyov o‘rtasidagi 30-yanvarga belgilangan boks bellashuvi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi, yozmoqda «Vesti». Rossiyalik sportchi topshirgan doping-testning dastlabki namunasi musbat chiqqan.

TASS xabariga ko‘ra, Sergey Kovalyovning doping-namunasida sintetik testosteron aniqlangan. Endi u diskvalifikatsiya qilinishi ham mumkin.

O‘z mijozi — Bektemir Meliqo‘ziyevning jangi bekor qilinganini «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy ham tasdiqladi. Biroq u shoshilmaslikka chaqirdi, negaki, hozircha Kovalyov topshirgan testning A namunasi musbat chiqqan, endi V namunasi natijasini ham kutish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring