Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

14-fevral kuni yurtimizda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi bosh kotibi Muhammad Jalud, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Xose Gonsalez, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shaxrullo Mahmudov va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Mendiyev ishtirok etdi.

Anjumanda so‘z olgan mamlakatimiz terma jamoasi murabbiyi Bahrom Mendiyev terma jamoaning yaxshi holatda ekani va bu musobaqada yuqori marralar ko‘zlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shaxrullo Mahmudov shunday dedi: «Men sportchilarimiz ushbu musobaqada faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayt etishini emas, balki avgustdagi Olimpiadada o‘zini ko‘rsatishini istagan bo‘lardim».

Muhammad Jalud anjuman so‘ngida jurnalistlarga qarata shunday dedi: «Sport OAVsiz hech qachon bu darajada mashhur bo‘la olmas edi. Shuning uchun hurmatli jurnalistlar sizga rahmat aytaman. Ayniqsa bunday yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan sport turlarini siz yoritmasangiz, hech kim bundan boxabar bo‘lmas edi. Og‘ir atletikachi 300 kg tosh ko‘tarsa-yu, buni hech kim ko‘rmasa buning hech qanday foydasi yo‘q. Shuning uchun yana bir bora rahmat».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring