Olimpiyachilar Dubayda ovoz berishdi

Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda Taylandda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Birlashgan Arab Amirliklarida tayyorgarlik olib borayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida tashkil etilgan saylov uchastkasida o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatiga rasman 8 yanvar kuni start beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter