Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pele, Maradona, Messi va boshqalar — «France Football» barcha zamonlarning ramziy terma jamoasini tuzdi

Pele, Maradona, Messi va boshqalar — «France Football» barcha zamonlarning ramziy terma jamoasini tuzdi

Foto: «France Football»

Fransiyaning nufuzli «France Football» nashri barcha zamonlarning ramziy terma jamoasini tuzdi.

Jahonning yetakchi OAVlarida faoliyat ko‘rsatuvchi 140 nafar jurnalist bergan ovozga ko‘ra, «Orzular jamoasi» asosiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:

darvozabon — Lev Yashin (sobiq Ittifoq);

himoyachilar — Paolo Maldini (Italiya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Kafu (Braziliya);

himoyalanuvchi yarimhimoyachilar — Lotar Matteus (Germaniya), Xavi (Ispaniya);

hujumkor yarimhimoyachilar — Diyego Maradona (Argentina), Pele (Braziliya);

hujumchilar — Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Lionel Messi (Argentina), Ronaldo (Braziliya).

«Orzular jamoasi»ning ikkinchi tarkibi: Janluiji Buffon — Roberto Karlos, Franko Barezi, Karlos Alberto — Alfredo Di Stefano, Frank Raykaard, Andrea Pirlo, Zayniddin Zidan — Ronaldino, Yoxan Kroyf, Garrincha.

«Orzular jamoasi»ning uchinchi tarkibi: Manuel Noyer — Paul Braytner, Serxio Ramos, Filipp Lam — Andres Inesta, Didi, Yoxan Neskens, Mishel Platini — Terri Anri, Marko van Basten, Jorj Best.

«Orzular jamoasi»ni tuzish uchun 90 nafar futbol yulduziga ovoz berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring