Penaltini qaytargan darvozabon vafot etdi
Belgiyada «Vinkel Sport» va «Vestrosebek» havaskor klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 25 yoshli darvozabon Arne Espil penaltini qaytargach, o‘zini yomon his qildi va maydonda hushidan ketdi.
Darvozabon penaltini muvaffaqiyatli qaytargach, maysazorga yiqildi. O‘yin darhol to‘xtatildi. Futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydonda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Shunga qaramay, yosh darvozabon kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi. Hozirda Espilning o‘limi sabablari aniqlanmoqda.
«Bu biz uchun fojia va zarba. Arnening butun umri klubda o‘tdi, uni juda yaxshi ko‘rishardi. U ajoyib yigit edi, har doim do‘stona va boshqalarga yordam berishga tayyor edi. Bu haqiqatan ham qattiq zarba. Avvalo, uning oilasi uchun, shuningdek, barchamiz uchun», — deydi «Vinkel Sport» klubi sport direktori Patrika Rotsart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter