Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«PSJ» Zidanga qancha maosh taklif qildi?

«PSJ» Zidanga qancha maosh taklif qildi?

Foto: Soccer.ru

«Pari Sen-Jermen» prezidenti Nosir al-Halayfiy yaqin orada Zinedin Zidan bilan uchrashmoqchi. Bu haqda jurnalist Adriyen Grene Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Manbaga ko‘ra, fransuz klubi Zidanni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi va unga yiliga € 25 mln maosh to‘lashga rozi.

Zinedin Zidan «Real»ni 2016–2018-yillar va 2019–2021-yillarda boshqargan. Uning davrida madridliklar ikki marta Ispaniya chempioni (2016/17, 2019/20), ikki marta Ispaniya superkubogi (2017, 2019/20) egasi, qatorasiga uch marta Chempionlar ligasi (2015/16, 2016/17, 2017/18), ikki marta UEFA superkubogi (2016, 2017) va ikki marta klublar o‘rtasidagi jahon chempioni (2016, 2017) bo‘lishgan.

Zidan futbolchilik faoliyati davomida FIFA tomonidan uch marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring