Qatarda Messi yashagan xona muzeyga aylantirildi
![Qatarda Messi yashagan xona muzeyga aylantirildi](http://static.xabar.uz/crop/2/6/720_460_95_2680811506.png)
Jahon chempionati paytida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yashagan xona mini-muzeyga aylantirildi. Bu haqda BNR.bg portali xabar berdi.
Messi va Argentina terma jamoasi futbolchilari mundial paytida 29 kun davomida Qatar universiteti 1-yotoqxonasidagi xonalarni band etishgan. Jahon chempionati payti yotoqxona argentinaliklarga moslab bezatilgan edi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/58/VGjaFwx2UyVl5bzvGMENFmE-KPAUsHsv.png)
Universitet ma’muriyati jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Messi sharafiga u yashagan B201 xonani mini-muzeyga aylantirishga qaror qildi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/58/U9giov9ozcAcdeqo1Jm2tG620k7Bzix5.png)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter