Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qimmatga kelgan Dembele tekinga ketadigan bo‘ldi

Qimmatga kelgan Dembele tekinga ketadigan bo‘ldi

Foto: «Sportbox»

«Barselona»ning 25 yoshli qanot hujumchisi Usmon Dembele Londonning «Chelsi» klubiga tekinga o‘tadi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Fransuz futbolchisi kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma tuzishni rad etdi, deb yozdi nashr. Shu tariqa shartnoma muddati tugashi bilan Dembela erkin agentga aylanadi. Oddiy ifodalanganda, «Barselona» uning evaziga bir sent ham ishlay olmaydi. 

Ortda qolgan mavsumda Ispaniya Primerasida 21 o‘yinda maydonga tushirilgan Dembele 1 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Yana uchta sariq kartochkasi ham bor...

Usmon Dembele «Barselona» sharafini 2017-yilning 25-avgustidan beri himoya qilib kelmoqda. U Dortmundning «Borussiya»sidan 140 million yevroga sotib olingandi. Hozirgi narxi esa, Transfermarkt talqini bo‘yicha, 30 million yevro atrofida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring