Qo‘rqinchli Myunxendagi «Barsa», qasoskor Ronaldu va dahshatdagi «Sevilya»: YeChLda guruh bosqichi yakuni (prevyu)
Bugun oqshom katta futbol kechasi bo‘lib o‘tadi. Yevropa Chempionlar ligasi 2021-2022 yil mavsumining guruh bosqichi so‘nggi turi qiziq o‘tishi kutilmoqda. Bugun E, F, G, H guruhlarida 6-tur o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
E guruhi
Shubhasiz, bugun ko‘pchilikning e’tiborini ushbu guruh tortsa ajabmas. «Bavariya» o‘z uyida «Barselona»ni qabul qiladi. Bu bahs katolonlar uchun so‘nggi imkoniyat. «Bavariya» 15 ochko bilan guruhdan peshqadam sifatida chiqib bo‘ldi, biroq «Barselona»ning taqdiri qil ustida. Agar «Barselona» «Bavariya»ni mag‘lub etsa, guruhdan chiqadi. Ammo durang o‘ynasa, Portugaliyada «Benfika» ukrainaliklarni yenga olmasliklari lozim bo‘ladi. Xavi shogirdlari yutqazib qo‘ysa, «lochinlar»ning mag‘lubiyatigina ispanlarni keyingi bosqichga olib chiqadi. «Benfika»ning «Barselona» bilan o‘zaro o‘yinlardagi ustunligi ochkolar teng bo‘lganda, portugallar keyingi bosqichga chiqadi. «Bavariya» guruhdagi 5 ta turda ham g‘alaba qozondi. Nemislarning bu o‘yinga bepisand qarashiga ishonish qiyin. Nagelsman boshqaruvidagi jamoa mashina kabi bir maromda ishlayveradi. Bugun Myunxenda haqiqiy jang ketishi tayin. «Benfika» ham maksimal harakat qilishga intiladi.
F guruhi
Bu guruhda ham ikkinchi o‘rin uchun shiddatli bahs kechishi kutilmoqda. Birinchi o‘rinni naqd qilgan Ronaldu va uning sheriklari o‘z maydonlarida «Yang Boys» jamoasini qabul qiladi. Yodingizda bo‘lsa, turning dastlabki uchrashuvida «yosh yigitlar» «Manchester Yunayted»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edilar. Bugun esa Manchesterda o‘z baxtlarini sinab ko‘radilar. Garchi Rannik jamoasida ortiqcha motiv bo‘lmasa ham, Ronalduda bor. Kecha uning raqibi Messi «Bryugge» jamoasi darvozasiga ikkita gol urdi. Bugun u hisob-kitobni to‘g‘rilashga intilishi mumkin. Italiyaning eng «yoqimtoy» jamoalaridan bo‘lgan «Atalanta» o‘z maydonida Ispaniyaning kurashuvchan jamoasi «Vilyareal»ni qabul qiladi. Adolat tomondan ham bu ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvi guruhda ikkinchi o‘rinni aniqlab berishi kerak. Agar bu jamoalar durang qayd etadigan bo‘lishsa, «Villareal» keyingi bosqichga chiqadi. «Atalanta» esa Manchesterdagi bahsga e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi. «MYu» ochko yo‘qotmasa, italyanlar Yevropa ligasida o‘ynaydi.
G guruhi
Eng ajoyib holatdagi guruh aynan shu. Hatto birinchi o‘rindagi «Lill» Yevropa ligasidan ham quruq qolishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda borayotgan «Zalsburg» va «Sevilya» bahsida g‘alaba qozongan jamoa, keying bosqichga chiqadi. Agarda jamoalar durang o‘ynab qo‘ysa, nemislar Fransiyada g‘alaba qozonsa, «Sevilya» YeLga ham ilina olmaydi. 3 ta jamoada 8 ochkodan bo‘ladi. O‘zaro o‘yinlarga ko‘ra, «Zalsburg» «Volfsburg»dan yaxshiroq, ammo «Lill»dan yomonroq. To‘plar nisbati ham +1 ni tashkil qilmoqda. Bunday holatda kim ko‘proq gol o‘tkazsa, o‘sha keyingi bosqichga chiqa olmaydi.
H guruhi
Bu guruhda hammasi hal bo‘lgan. «Chelsi» va «Yuventus» 12 ochko bilan keying bosqichga chiqib bo‘lishdi. Shunday bo‘lsa ham, bugungi natijalar kim qaysi o‘rin bilan chiqishini aniqlab beradi. «Yuventus» o‘z uyida «Malmyo»ni qabul qilsa, «Chelsi» safarda «Zenit» mehmoni bo‘ladi. Agar ikki o‘yinda duranglar qayd etilsa yoki sensatsiya sodir bo‘lmasa, Tuxel shogirdlari birinchi, «Yuve» esa ikkinchi bo‘lib guruhdan chiqadi. Agar Sarri boshqaruvidagi jamoa g‘alaba qozonib, «Chelsi» yutqazsa, turinliklar birinchi o‘rinda guruhdan chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichi o‘yinlari 14-15 sentyabr, 28-29 sentyabr, 19-20 oktyabr, 2-3 noyabr, 23-24 noyabr, 7-8 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi va o‘tmoqda.
Turnir finali 2022 yil 28 may kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter