Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ten Xag «MYu» futbolchilari uchun birinchi cheklovni joriy qildi

Ten Xag «MYu» futbolchilari uchun birinchi cheklovni joriy qildi

«Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag hali jamoaga kelmasdan turib birinchi qarorini qabul qilgan va bu futbolchilar uchun cheklov bo‘ladi.

Qarorga ko‘ra, jamoa asosiy tarkibi futbolchilarining ta’tillari 2 haftagacha qisqartiriladi. Niderlandiyalik mutaxassis o‘yinchilarning jismoniy formasidan qoniqmagani bunga sabab bo‘lgan.

Shu mavsum yakuniga yetgach, ten Xag yangi jamoada ish boshlaydi va ta’tilga chiqib ketgan futbolchilar yangi grafikka ko‘ra, 20-iyundan safga qaytishlari kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring