Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasi sanasi ma’lum bo‘ldi

2026 yil O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasini qabul qiladi. OOK ushbu tadbir sanasini e’lon qildi.
Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi 2026 yil 26 yanvar kuni Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
2026 yil O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasini qabul qiladi. OOK ushbu tadbir sanasini e’lon qildi.
“Qit’amiz sportiga oid muhim voqeliklar muhokama qilinadigan tadbir 26 yanvar kuni Toshkent shahrida tashkil etiladi”, - deyiladi xabarda.
Ushbu Bosh assambleyada OOK Prezidentligiga saylov o‘tkaziladi.
Bosh Assambleya — Osiyo Olimpiya Kengashining eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, unda qit’aning 45 mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari qatnashadi. Unda Osiyo sportiga oid muhim qarorlar, qit’adagi sport siyosati va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Toshkent OOKning Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter