Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning «Humo» klubi Pro Hokei Ligasy yarim finaliga chiqdi

Toshkentning «Humo» klubi Pro Hokei Ligasy yarim finaliga chiqdi

«Humo» klubi xokkeychilari to‘rtinchi o‘yinda ham mag‘lub etib, yuz foizlik natija bilan yarim finalga yo‘l oldi. Jamoa Qozog‘iston Pro Ligasi pley-offidan o‘rin olgan Rudniyning «Gornyak» jamoasiga qarshi kechgan to‘rtta bahsda ham g‘alaba qozondi.

Ushbu jamoaga qarshi dastlabki ikki uchrashuv «Humo» maydonda bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘yin juda keskin o‘tdi va pley-off boshlanishidagi hayajon ta’sir qildi. Jamoalar g‘olibni qo‘shimcha vaqtda aniqlashlari kerak edi va «Xumo» 2-1 hisobida minimal ustunlik bilan g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘yinda Toshkent jamoasi ancha ishonchli o‘ynadi va 4:2 natijasi bilan g‘alaba qozondi. Ikkala uchrashuvda ham muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi hayratlanarli bo‘ldi va ularning aql bovar qilmaydigan energiyasi jamoamizni g‘alaba sari yetakladi.

Rudniydagi ikkita o‘yinda ham uyda o‘tkazilgan uchrashuvlar ssenariysi deyarli takrorlandi. Birinchi og‘ir o‘yinda yakuniy sirena chalinishidan 17 soniya oldin «Humo» 2-1 xisob bilan g‘alaba qozondi. Qiziqarli kechgan yana bir uchrashuv ham 4:2 hisobida «qanotlilar»ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uyga qaytayotgan «Humo» jamoasini yoqimli syurpriz kutayotgan edi. Astana shahridan  O‘zbekiston havo yo‘llari samolyotida uchish paytida samolyot ekipaji komandiri g‘alaba va «Humo»ning yarim finalga chiqishi munosabati bilan tabrikladi. Darvoqe, O‘zbekiston havo yo‘llari joriy mavsum boshidan Humo xokkey klubining rasmiy hamkori bo‘lib kelmoqda va jamoaga eng samarali yordam ko‘rsatmoqda.
Matbuot anjumanida «Humo» bosh murabbiyi Yevgeniy Popixin chorak finalning barcha to‘rtta o‘yinlari juda qiyin va munosib kechganini aytib o‘tdi.

«Keskin seriya, haqiqiy pley-off. Ko‘p hissiyotlar, tezkor o‘yin. Raqibga minnatdorchilik so‘zlarini aytmoqchiman. Ular ajoyib o‘ynashdi, jang qilishdi», – dedi murabbiy g‘alabada ishtirok yetgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirib.

Xokkeychilarimizni oldinda yarim final seriyasi kutmoqda, ularning dastlabki ikki uchrashuvi 11-12 mart kunlari Humo Arena muzida bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlash joizki dunyoda mashhur o‘yin davlat va homiylar, ya’ni ERIELL Group va Uzbekistan Airways ko‘magida muvaffaqiyatli qayta tiklandi va rivojlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring