Turkiya terma jamoasi futbolchisi YTHda halok bo‘ldi

Turkiya terma jamoasi va «Konyaspor» klubi futbolchisi Ahmad Chalik yo‘l-transport hodisasiga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi.
Turk matbuoti xabariga ko‘ra, voqea Anqarada sodir bo‘lgan. 27 yoshli futbolchi boshqaruvni yo‘qotib, katta yo‘l chetiga chiqib ketgan. Olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘lgan.
Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Chalik Turkiya terma jamoasi safida 8 marta maydonga tushib, bitta gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter