Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada rossiyalik va ukrainalik futbolchilar o‘rtasida janjal yuz berdi

Turkiyada rossiyalik va ukrainalik futbolchilar o‘rtasida janjal yuz berdi

Turkiyaning Antaliya shahridagi mehmonxonalardan birida Rossiyaning «Shinnik» va Ukrainaning «Minay» klubi futbolchilari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Ikkala futbol klubi ham u yerda mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.

Baza nashrining yozishicha, mojaro «Minay» futbolchilari «Shinnik» vakiliga Ukraina madhiyasini kuylashni talab qila boshlaganidan keyin boshlangan. Tomonlar birga bir mushtlashuv tarzida muammoni yechmoqchi bo‘lgan, biroq mehmonxona xodimlari janjalni to‘xtatgan.

Biroz vaqt o‘tgach, Ukraina klubi futbolchilari rossiyaliklar bilan ommaviy mushtlashib ketishgan. Hozir mehmonxonada politsiya  navbatchilik qilmoqda.

«Shinnik» matbuot xizmati futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv bo‘lganini tasdiqladi. Klub yaqin orada bu haqda bayonot berishini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring