U17 Osiyo kubogi: O‘zbekistond guruh g‘olibi

Kecha, 9-aprel kuni Sudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 3-tur bahslari boshlandi.
Musobaqaning A guruhida keyinngi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan ikki jamoa – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘smirlari o‘zaro bahs olib bordi va unda «kichik oq bo‘rilar» yirik, 3:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, 9 ochko jamg‘argan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 100 foizlik natija bilan guhrudan chiqdi.
Osiyo kubogi U-17. 3-tur:
Saudiya Arabistoni U17 – O‘zbekiston U17 – 0:3
Gollar: Jamshidbek Rustamov 57 (p), 70, Asilbek Aliyev 63.
Saudiya Arabistoni: 22. Vafi, 3.Nosir Al-Fihoniy, 6.Said Ad-Dovsari 9.Ablulhadi Matari (17.Salim Abdulloh, 46), 10.Abdulrahmon So‘fiyoni, 11.Sabri Dahal (7.Al-Volid, 64), 12.Odil Bin Hibah 13.Osama Al-Dagmah, 14.Abdulaziz Asiriy, 18.Abdulaziz Alfavaz (23.Mahir Tavashiy, 72), 20.Abu Bakr Said.
O‘zbekiston: 1.Shokirov, 4.Bahodirxonov, 5.Murodov, 8.Muhammadov (22.Abdullayev, 46), 9.Sarsenbayev (20.Aliyev, 46), 10.Habibullayev, 13.Fazliddinov, 14.Saidmurodov, 15.Musaxonov (23.Mahmudjonov, 72), 16.Abdumo‘minov (7.Hasanov, 63), 17.Rustamov.
Noaniq penalti: Matari, 49 (S).
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqaning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar chorak final bahslariga chiqish bilan birgalikda shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan U17 Jahon chempionatiga ham yo‘llanma oladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter