Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yohannesburgda JAR terma jamoasi sobiq a’zosi otib ketildi

Yohannesburgda JAR terma jamoasi sobiq a’zosi otib ketildi

Foto: «Timeslive»

JAR terma jamoasi sobiq futbolchisi Mark Batchelor Yohannesburgdagi uyi yonida, mashinasida otib ketildi. Bu haqda bugun, 16-iyul kuni «Reuters» xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Batchelorga yettita o‘q tekkan. Jinoyatchilar qotillik joyidan yashirinishgan.

«Hujum qilganlar ikki kishi bo‘lib, mototsiklda kelishgan. Bu paytda Batchelor mashinasida uyiga kirayotgan bo‘lgan. Jinoyatchilar unga qarata bir necha marta o‘q uzishgan», — deya ma’lumot berdi politsiyachi Kol Lungelo Dlamini.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sportchi mashinaning ichida jon taslim qilgan, jinoyatchilar esa hech narsa olmasdan voqea joyini tark etgan.

Mark Batchelor futbolchilik faoliyati davomida JARning «Kayzer Chifs», «Orlando Payrets» va «Mamelodi Sandauns» klublarida va mamlakat milliy jamoasida to‘p surgan. U 49 yoshda edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring