«Yuventus» 15 ochkodan mahrum etildi. Rahbarlari futboldan chetlatildi

Italiya futbol federatsiyasi sudi (FIGC) moliyaviy daromadlarni soxtalashtirish ishi bo‘yicha Turin klubini jazolashni so‘ragan prokurorning talabini qanoatlantirib, «Yuventus»ni A Seriya turnir jadvalida 15 ochkodan mahrum etishga qaror qildi.
Shu tariqa, turnirda 37 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan «Yuventus» 15 ochko olib tashlangach, 22 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketdi.
Shuningdek, klub rahbarlari – Anelli, Nedved, Paratichchi, Arrivabege va Kerubini 8 oydan 2,5 yilgacha muddatga futboldan chetlatildi.
«Keksa sinoralar» sudning ushbu qarori bo‘yicha apellyasiya bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter