«Yuventus»: Ronalduning o‘rniga kim keladi?
Turinning «Yuventus» klubi bu yil yozda portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning ketishiga tadorik ko‘rishni boshlab yubordi. Va uning o‘rniga kimni olib kelishni ham rejalashtirmoqda.
Dortmundning «Borussiya»si hujumchisi, norvegiyalik 20 yoshli iqtidor Erling Holand — turinliklar nishonida.
Jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, Ronalduning ketishi deyarli hal bo‘lgan, faoliyatini sobiq jamoalari — «Real Madrid», «Manchester Yunayted» yoki bo‘lmasa butunlay yangi jamoa — «Pari Sen-Jermen»da davom ettirishi kutilyapti.
Ronaldu «Yuventus»dan ketgan taqdirda, jamoa rahbariyati Holandni olib kelish choralarini ko‘rmoqchi. Ammo norveg to‘purari uchun kurash o‘ta jiddiy: Angliyaning bir yo‘la uch top-klubi — «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Chelsi» asosiy da’vogarlar ro‘yxatida.
Erling Holand 2020-yil qishidan beri Dortmundda to‘p suryapti. Jamoa bilan shartnomasi 2022-yil yozigacha tuzilgan. Yaqinda nemis klubi rahbarlari eng yaxshi futbolchisining narxini belgilashdi: Holandni so‘rab keluvchilar 150 million yevro bilan kelishsin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter