Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zaynab Dayibekova chorak finalga chiqdi

Zaynab Dayibekova chorak finalga chiqdi

Qilichbozimiz Zaynab Dayibekovaning g‘alabali yurishi davom etmoqda. Hamyurtimiz Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Qilichbozimiz nimchorak finalda janubiy koreyalik Ji Su Yun bilan ro‘baro‘ keldi. Hamyurtimizning ustunligida kechgan bahs Dayibekovaning 15:12 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bungacha u ikki raqibasini dog‘da qoldirgandi.

Sablyachimiz yarim final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Sofiya Velikaya va italiyalik Vechi Irene o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring