Yakkabog‘da Amir Temur muzey-yodgorlik majmuasi barpo etiladi
Hududda zamonaviy bog‘, muzey, kutubxona, madrasa, mehmonxona, hunarmandchilik va zargarlik do‘konlari, milliy taomlar maskani, istirohat bog‘lari, favvoralar barpo etiladi.
Sohibqiron merosi zamonaviy yoshlar nigohida: Turkiyadagi o‘zbek talabalari ilmiy maydonda birlashdi
Ikki kun davom etgan ushbu nufuzli anjumanda Turkiyaning turli hududlaridan kelgan 200 dan ortiq faol yoshlar va mehmonlar ishtirok etdi. Tadbir vatandoshlarimiz uchun ham yuqori darajadagi ilmiy platforma, ham ma’naviy birlashuv maydoni vazifasini o‘tadi.
Londonda sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkaziladi
Tadbir doirasida yetakchi milliy va xalqaro olimlar, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar hamda hamkor tuzilmalar vakillari ishtirokida ma’ruzalar va muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Temuriylar tarixini o‘rganish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi
25 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ekspert O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga jamoaviy murojaat yo‘lladilar.
Temuriylar merosiga yangicha nigoh: Xalqaro ilmiy anjumandan muhim xulosalar
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya doirasida 13 ta sho‘’ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda Temuriylar davri merosi davlatchilikdan tortib, ilm-fan, san’at va zamonaviy texnologiyalargacha bo‘lgan keng qamrovda tahlil qilindi.
Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi “Turkiy dunyodagi eng yaxshi muzey” deb e’tirof etildi
Islom sivilizatsiyasi markazida turkiy dunyo madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi yirik adabiy-ma’rifiy tadbir — “Turkiy dunyo adabiyoti” turkumidagi yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Centrum Air’dan yangi loyiha: ilk samolyotga Amir Temur nomi berildi
Centrum Air aviakompaniyasi tarixiy va madaniy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbus boshlanganini e’lon qiladi. Mazkur loyiha doirasida aviakompaniya havo kemalariga buyuk tarixiy shaxslarning nomlari beriladi.
Shavkat Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Shu kunlarda Vatanimizda katta bayram, katta shodiyona – Amir Temurning 690 yilligi keng nishonlanmoqda.
Nufuzli gazetada Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Amir Temur haqida tahliliy maqola chop etildi
«Amir Temur merosi Islom sivilizatsiyasi markazida: Uchinchi Renessansning intellektual asosi» sarlavhali materialda Markazning nafaqat mintaqa, balki global islom sivilizatsiyasidagi o‘rni tahlil qilingan.
«Amir Temur va Donna Mariya» — Tarix va bugunning birlashgan qudrati!
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida tarixiy voqea va zamonaviy san’atning eng ta’sirli uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan «Amir Temur va Donna Mariya» badiiy filmining taqdimoti o‘tkazildi!

