297 mln so‘m qalbaki pullarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi
Ushbu shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzilda qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan kompyuter, “Epson” rusumli printer, “A4” hajmdagi maxsus qog‘ozlarga chop etilgan yarim tayyor holatdagi 50 va 100 ming so‘mlik kupyuralar, qog‘oz kesuvchi uskunalar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Qirg‘izistondagi zilzila Andijon viloyatiga ham ta’sir etdi
Zilzila epitsentri Toshkentdan 333 km shimoliy-sharqda joylashgan.
Andijonda xotin-qizlar bandligi uchun alohida jamg‘arma tashkil etiladi
Ma’lum qilinishicha, viloyatda ishlash istagida bo‘lgan 3 ming nafar ayol farzand parvarishi bilan band.
Fermer va klasterga har bir tonna paxta uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi
Andijonda paxtachilik va meva-sabzavotchilikni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar, imtiyozlar va yangi agrar loyihalar bo‘yicha choralar hamda eksportni oshirish vazifalari belgilandi.
Barcha hududlarda loyihalar menejeri lavozimlari joriy etiladi
Prezident kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi.
Andijonda 3,5 mlrd dollarlik investitsiya tarkibi qayta ko‘rib chiqiladi
Prezident 2026 yil uchun Andijonda rejalashtirilgan 3,5 mlrd dollarlik investitsiyalar tarkibi diversifikatsiyasi yetarli emasligini ta’kidladi.
Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi
Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
Andijonda 24/7 tartibda ishlovchi gastronomik ko‘cha ochildi
Ko‘chaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi. Bu yerda piyodalar va velosipedlar uchun keng va xavfsiz yo‘laklar barpo etildi, zamonaviy landshaft dizayni yaratildi, favvoralar va turli yoritish vositalari o‘rnatildi.
Andijondagi korxonada yiliga 500 ming sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda
Loyihaning umumiy qiymati 25 milliard so‘m bo‘lib, to‘liq tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqariladi.
1 oktyabrdan Farg‘ona vodiysiga qatnovchi qator poyezdlar jadvali o‘zgaradi
1 oktyabrdan boshlab «Toshkent — Andijon — Toshkent» elektropoyezdi yangilangan jadval asosida harakatlanadi. Shuningdek, uzoq masofali yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.
Andijonda yiliga 200 mln dollarlik «aqlli» suv hisoblagichlari ishlab chiqariladi
Xo‘jaoboddagi texnoparkda 25 million dollarlik loyiha asosida yiliga 1 million dona «aqlli» suv hisoblagich ishlab chiqariladi. Ularda suv sarfi va qurilmalar holati onlayn kuzatiladi.
Andijon-Huanya texnikumida 5 ming o‘quvchi uchun sharoit yaratildi
Prezident Andijon tumanidagi «Ipak yo‘li» sanoat zonasida joylashgan xalqaro texnikumni ko‘zdan kechirdi.
Andijonda yiliga 100 ta kichik GES uskunasi ishlab chiqariladi
Andijon tumanida qiymati 20 mln dollarlik yangi korxona tashkil etilmoqda. Loyiha ishga tushgach, yiliga 100 ta kichik GES majmuasi tayyorlanadi.
Andijonda 9,4 mlrd dollarlik loyihalarga start berildi
Shundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi, 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.
Andijondagi trikotaj korxonasida sun’iy intellekt va robotlar ishlatilmoqda
Prezident Andijon tumanidagi sun’iy intellektli tikuv dastgohlari o‘rnatilgan korxona faoliyati bilan tanishdi.
Prezident Andijonga tashrifni xalqaro aeroportdan boshladi
Hozirda rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Uning doirasida umumiy maydoni 19 ming 685 kvadrat metr bo‘lgan ikki qavatli zamonaviy terminal binosi barpo etilmoqda. Ilgari aeroport soatiga 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, yangi terminal ishga tushgach, bu ko‘rsatkich besh barobar oshadi.
Andijonda ilk bor “Yashil uyim” ekofestivali o‘tkaziladi
Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida tashkil etilayotgan tadbir Berlin Zentrum majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Andijon viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi
Andijon viloyatida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Davlat rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash bilan bog‘liq topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi.
Andijon xalqaro aeroporti ilk bor Boeing 747-400F orqali tirik yukni qabul qildi
Belgiyadan amalga oshirilgan reys orqali Andijonga 160 bosh, umumiy og‘irligi 83,3 tonna bo‘lgan nasldor tirik qoramollar olib kelindi.
«Andijon suv ta’minoti» filial boshlig‘i katta pora bilan ushlandi
U iste’molchi xonadoniga kanalizatsiya tarmog‘i o‘rnatish uchun texnik shart qildirib berishini aytib, 8,5 ming dollar olgan.

