Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Yoki yana «Andijonnoma» va oromi buzilgan hokim haqida...
Hokim uchrashuvda nimalar degan, qanday va’dalar bergan, shu barobarida jurnalistlar qanday masalalarni o‘rtaga tashlagan – bularning bayoniga hojat yo‘q. «Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r» deganlaridek, berilgan va’dalarning amaldagi ifodasiga qarab, bir nima deyish mumkin. Hozir gap bunda emas.
«Yig‘lama, qaq-qa oberaman» — andijonlik jurnalistlarning Prezidentga murojaati yuzasidan munosabat bildirildi
Andijonlik jurnalistlarning Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgani haqidagi xabarga viloyat hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Shuhrat Abdurahmonovning sirli tashrifidan so‘ng andijonlik jurnalistlar Prezidentga murojaat qilishdi
Shu yilning 21-yanvar kuni tushdan keyin «Andijonnoma» tahririyatiga viloyat hokimligidan xabar keldi: «hokim Shuhrat Abdurahmonov qadam ranjida qilishi ehtimoli bor, tak shto‘...»
Andijon. Jurnalist hokimning «panjasiga panja» urdi. Keyin-chi?..
Tanqid kimga yoqibdiki, «rahmat», deya muallifning peshonasidan cho‘lpillatib o‘psa?! Xullas, voqealar rivoji kutilganidek bo‘ldi. Hokim jurnalistga qo‘shib, tahririyatni ham sudga berdi.
Andijon. MIBga savol: e’tiborsizlikmi yoki «o‘ch olish»?
Kecha «Andijonnoma» gazetasi tahririyatining bir kunlik ish vaqti havoga sovurildi. Majburiy ijro byurosi (MIB) Andijon shahar bo‘limi inspektori tahririyatni elektr tarmog‘idan uzib ketdi! «Qarzdorlik mavjud» degan asos bilan.
Jurnalistlar hokim sudga kelishini talab qilishmoqda
Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinov viloyat hokimligining nashri – «Andijonnoma» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyatini sudga bergani haqida xabar qilgandik.
Andijon. Hokim sudga kelmadi
Sud majlisida hozir bo‘lgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbirining xabar berishicha, javobgar tomon hamda jarayonni yoritish maqsadida yetib kelgan qator markaziy nashrlar xodimlari da’vogar, ya’ni hokimni bir soatdan ortiq kutishgan.
Hokim viloyat gazetasini sudga berdi
Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinov viloyat hokimligining nashri – «Andijonnoma» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyatini sudga berdi.
«Andijonnoma» gazetasidan 100 million so‘m tovon talab qilgan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi sudda yutqazdi!
Tanqidiy materiallarga alohida e’tibor beriladigan har qanday ommaviy axborot vositalari turli sinovlarga duch kelishi tabiiy. «Andijonnoma» ham shunday sinovni boshdan o‘tkazdi.