Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh fuqarolariga Eronni tark etish tavsiya etildi

bugun, 15:19

AQShning Erondagi diplomatik vakolatxonasi Amerika fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Rasmiy ogohlantirishda AQSh fuqarolari Erondan chiqish rejasini oldindan tayyorlab qo‘yishi va AQSh hukumati yordamiga tayanmasligi kerakligi ta’kidlangan.

Grenlandiyani AQShga qo‘shib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongressga kiritildi

bugun, 12:28

Tegishli qonun qabul qilingan taqdirda, Donald Trampga orolni anneksiya qilish yoki sotib olish uchun zarur deb hisoblagan har qanday harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi.

NATOning sukutidan Yevropa xavotirda

12/01, 09:08

Daniyani kim himoya qiladi?

Eron AQShga jiddiy «signal» yubordi —Reuters

11/01, 14:05

Bu Trampning bayonotlari bilan bog‘liq.

Венесуэла ва Гренландиядан сўнг навбат кимга?

10/01, 23:27

Мадуронинг ўғирланиши ва Гренландия «босиб олиниши» ҳақидаги баёнотлардан сўнг, хавотирли оҳанглар Оттавани ларзага келтирмоқда.

FT: Grenlandiya AQSh bilan Daniya ishtirokisiz muzokara o‘tkazmoqchi

10/01, 09:58

Grenlandiya tashqi ishlar vaziri Vivian Motsfeldt AQSh bilan Daniya ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.

Minneapolisda Rene Gudning o‘limi: ICE xodimi telefonida olingan video tarqatildi

10/01, 09:25

AQShning Minnesota shtatidagi Alpha News nashri va CNN telekanali 9 yanvar kuni Minneapolisda sodir bo‘lgan otishma bilan bog‘liq videoni e’lon qildi. Hodisa oqibatida 37 yoshli Rene Nikol Gud halok bo‘lgandi.

Eron oliy rahbari fuqarolarga murojaat qildi

09/01, 19:54

9-yanvar kuni AQSh prezidenti agar mamlakatning iqtisodiy vaziyatdan norozi bo‘lgan namoyishchilari o‘ldirilsa, Eronga «juda kuchli zarba» berishini e’lon qildi.

Tramp qo‘lga olingan tankerdagi ikki rossiyalikni ozod etishga qaror qildi

09/01, 15:15

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonining murojaatiga javoban AQSh tomonidan ushlab qolingan tanker ekipajidagi ikki nafar Rossiya fuqarosini ozod etishga qaror qilgan. Rossiya TIV bu qaror uchun AQSh prezidentiga minnatdorlik bildirgan.

Daniya va Grenlandiya vakillari Trampning maslahatchilari bilan uchrashdi

09/01, 10:58

Amerikalik qonun chiqaruvchilar va Tramp ma’muriyatining muhim shaxslarini Grenlandiyadan «aynitishmoqchi».

AQSh rus nefti va gazini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan sanksiya joriy etmoqchi

09/01, 10:51

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shu bilan birga, u Vashington bu qonunni amalda qo‘llashga majbur bo‘lmasligiga umid bildirdi.

Qirg‘iziston AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin

09/01, 10:25

Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov AQSh fuqarolari uchun amaldagi vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqish zarurligini bildirdi. U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

AQSh vitse-prezidenti giyohvandlardan «uzr so‘radi»

08/01, 20:29

U mamlakat rahbariyati giyohvandlikka qarshi keskin kurashishini ta’kidladi.

Rossiyalik siyosatchi AQShga hujum uyushtirishni taklif qildi

08/01, 17:10

Rus siyosatchilari AQSh tomonidan Shimoliy Atlantikada Rossiya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Marinera tankerining qo‘lga olinishiga javoban keskin javob qaytarishni talab qilmoqda.

ICE xodimi amerikalik ayolni otib o‘ldirdi. Yirik shaharlarda norozilik namoyishlari boshlandi

08/01, 11:31

Kecha, chorshanba kuni Donald Tramp ma’muriyati olib borayotgan immigratsiyaga qarshi reydlar doirasida Minneapolis shahrida Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimi bir ayolni otib o‘ldirdi.

«Daniya bilan birlashish» fursati keldi — Norvegiya bosh vaziri

08/01, 09:55

Yonas Gar Styore seshanba kuni Parijda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan muloqot qildi.

AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqdi

08/01, 09:15

Donald Tramp memorandumni imzoladi.

Tramp AQSh harbiy budjetini 1,5 trln dollargacha yetkazmoqchi

08/01, 06:34

AQShning 2026-yilgi harbiy xarajatlari uchun Kongress 900 mlrd dollardan ziyod mablag‘ ajratgan.

AQSh Rossiya tankerini qo‘lga olganini e’lon qildi

07/01, 20:32

Tanker AQSh kuchlari ikki hafta davomida ta’qib qilganidan so‘ng Shimoliy Atlantikada ushlangan.

AQSh ayrim davlatlar fuqarolari uchun viza garovi joriy etmoqda

07/01, 17:42

AQSh Davlat departamenti ayrim mamlakatlar fuqarolariga B1/B2 (turistik va ish) vizasi berishda majburiy pulli garov joriy etilishini ma’lum qildi. Bu chora viza muddatini buzish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

SSSR foydasiga josuslik qilgan sobiq MRB xodimi qamoqxonada vafot etdi

07/01, 17:33

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) sobiq xodimi Oldrich Eyms josuslik uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan paytida 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda AQSh qamoqxonalar byurosi ma’lum qildi.

Ikki nafar o‘zbekistonlik Arizona universitetini oltin medal bilan tamomladi

07/01, 12:09

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari Abdulaziz Vaxabov va Samandar Erkinov Arizona universiteti (AQSh) eng sara bitiruvchilari qatoridan joy olib, akademik yutuqlari uchun oltin medallar bilan taqdirlandi.

Tramp: Venesuelaning muvaqqat hukumati AQShga 30-50 million barrel neft beradi

07/01, 09:06

Neft tankerlarga yuklanib, to‘ppa-to‘g‘ri AQShdagi tushirish terminallariga yetkaziladi.

AQSh endi asosiy ittifoqchimiz emas — Jozep Borrel

07/01, 06:25

Oq uy 2025-yil 5-dekabrda yangi milliy xavfsizlik strategiyasini e’lon qilgandi.

Daniya bosh vaziri:«Tramp kuch ishlatsa, hammasi tugaydi»

06/01, 20:13

Mette Frederiksenning fikricha, AQShning Grenlandiyaga da’volari NATOning qulashiga olib kelishi mumkin.

AQSh vitse-prezidentining uyiga hujum qilindi

05/01, 20:55

Maxfiy xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlardan biri uy yaqinida hibsga olingan.

Daniya bosh vaziri: Grenlandiya sotilmaydi

05/01, 09:57

Frederiksen Trampning orolning strategik zarurligi haqidagi da’volarini rad etdi.

AQShning Venesuelaga zarbasi va Grenlandiyaga siyosiy bosimlar

04/01, 16:10

AQSh bayrog‘i ranglarida bo‘yalgan Grenlandiya xaritasi AQSh prezidenti Donald Tramp maslahatchisining rafiqasi Keti Miller tomonidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilindi. U postga qisqacha «Tez orada» deb izoh qoldirgan.

Tahlilchilar: «Kuppa-kunduzi prezident o‘g‘irlab ketildi!..»

03/01, 18:11

So‘nggi oylarda Qo‘shma Shtatlar Maduro ma’muriyatiga qarshi bosimlarni kuchaytirayotgan, uni ag‘darish uchun har qanday variant qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirayotgan edi.

AQSh harbiylari Maduro va uning xotinini qo‘lga oldi

03/01, 16:38

Bu haqda Donald Tramp ma’lum qildi.

AQSh razvedkasi Ukraina Putin qarorgohiga hujum qilmaganini aniqladi – WSJ

01/01, 12:55

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yoki uning Valdaydagi qarorgohiga hujum qilmagan, degan xulosaga keldi.

Moskva Kiyevni Putin qarorgohiga hujumda ayblayapti. Bu Kiyevga hujum uchun bahona bo‘lishi mumkin

30/12, 11:23

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Rossiya prezidentining Novgorod viloyatidagi Valdayda joylashgan davlat qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilganini da’vo qildi. Biroq Lavrov bu da’volarga hech qanday dalil keltirmagan.

AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan

27/12, 10:21

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26-dekabr kuni Axios'ga bergan intervyusida AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlari taklif qilganini ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, bu vaqt davomida AQSh va Ukraina o‘rtasida xavfsizlikning mustahkamlanishi mumkin, ammo Ukraina uchun 15 yillik kafolatlar yetarli emas.

«Kommersant»: Rossiya AQSh bilan Zaporoje AES ustidan qo‘shma nazorat masalasini muhokama qilyapti

26/12, 10:35

Rossiya va AQSh Ukraina ishtirokisiz, Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporoje atom elektr stansiyasini qo‘shma boshqarish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda manbasini oshkor etmagan holda «Kommersant» nashri xabar berdi.

Arkanzaslik fuqaro lotereyadan 1,8 mlrd dollar yutib oldi

25/12, 17:00

AQShda Rojdestvo bayrami kuni mamlakat tarixidagi eng yirik lotereya yutuqlaridan biri o‘ynaldi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan suhbatlashdi

23/12, 20:20

Tramp O‘zbekiston rahbarini G20 sammitiga taklif etdi.

AQShni ixtiyoriy tark etgan noqonuniy muhojirlarga 3 ming dollardan pul beriladi

23/12, 16:32

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem yaqin soatlarda noqonuniy muhojirlarni mamlakatni darhol tark etishga chaqiruvchi umummilliy va xalqaro miqyosdagi ko‘p million dollarlik reklama kampaniyasi boshlanishini e’lon qildi.

AQSh «Oltin gumbaz»i uchun 70 tadan ortiq raketa kuzatuvchi sotib oladi

23/12, 14:46

AQSh prezidenti Donald Trampning «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa (RQM) loyihasini amalga oshirish doirasida raketalarni kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshlar uchun 3,5 milliard dollar ajratildi. Kosmik ishlanmalar agentligi 72 ta qurilmani yetkazib berish bo‘yicha to‘rtta mudofaa kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Ushbu kosmik apparatlar raketalarni kuzatib boradi va ular haqida oldindan ogohlantiruvchi vazifasini o‘taydi.

Zelenskiy Yevropa va AQShdan qanday xavfsizlik kafolatlarini kutyapti?

23/12, 11:10

Asosiy hujjat — xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, unda Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlashga oid yopiq ilovalar va batafsil ma’lumotlar joy olgan. Shuningdek, mamlakatni tiklash bo‘yicha shartnomaning dastlabki loyihalari ham tayyor.

«Trampning bojlari» AQShga 235 mlrd dollar daromad keltirdi – Oq uy

22/12, 16:44

Oq uy Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga ikkinchi bor kirishganidan beri erishilgan yutuqlar haqida hisobot berdi.

AQSh razvedkasi Putinning yashirin rejasidan ogohlantirdi

22/12, 12:32

AQSh razvedkasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tajovuzkor yashirin rejasidan ogohlantirmoqda.

Klinton, Jekson, Brin va Geyts: «Epshteyn ishi» bo‘yicha hujjatlar e’lon qilindi

20/12, 15:20

AQSh Adliya vazirligi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir keng ko‘lamli materiallarni ochiqlashni boshladi. Vazirlikning rasmiy saytida o‘n minglab hujjatlar joylashtirilgan bo‘lib, bu Epshteyn arxivi bo‘yicha e’lon qilinayotgan fayllarning ilk qismi hisoblanadi.

AQSh Suriya hududiga aviahujum uyushtirdi

20/12, 13:30

20-dekabrga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Suriya hududidagi IShID (“Islom davlati”) terrorchi tashkiloti guruhiga tegishli ob’yektlarga aviahujum yo‘lladi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset ma’lum qilgan.

AQSh Oyda atom reaktorini o‘rnatishni rejalashtiryapti

19/12, 17:07

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning yangi kosmik rivojlanish rejasini tasdiqladi. Ushbu hujjatga muvofiq, Amerika Qo‘shma Shtatlari yadroviy texnologiyalar yordamida Oyga qayta uchishni maqsad qilgan.

AQSh grin-karta o‘ynash dasturini to‘xtatganini e’lon qildi

19/12, 11:05

Braun universitetida sodir etilgan qurolli hujum ortidan AQSh ma’muriyati «Grin karta» (Diversity Lottery (DV1) immigratsiya dasturini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning rasmiy bayonotida ma’lum qilingan.

«Yevropalik cho‘chqachalar...» – Putin Ukrainaga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

18/12, 17:20

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi yangi harbiy zarbalar berish mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, agar Kiyev va G‘arb davlatlari hozir olib borilayotgan tinchlik muzokaralarida Rossiya qo‘ygan talablarni qabul qilmasa, Moskva frontdagi harakatlarini davom ettiradi.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

18/12, 11:40

AQSh prezidenti Donald Tramp millatga qilgan navbatdagi murojaatida o‘z ma’muriyati faoliyatini yuqori baholab, mamlakatdagi mavjud muammolar uchun sobiq prezident Jo Bayden boshchiligidagi demokratlarni aybladi. Taxminan 20 daqiqa davom etgan chiqishida u iqtisod, xavfsizlik, migratsiya va tashqi siyosat masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

 «Platinali» xavfsizlik: AQSh Ukraina uchun urushga kirishga majbur bo‘ladimi?

17/12, 11:10

So‘nggi kunlarda AQSh va Ukraina o‘rtasida Berlinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar ortidan «platinali xavfsizlik kafolatlari» degan ibora xalqaro siyosat kun tartibining markaziga chiqdi. Xo‘sh, bu kafolatlar nima degani? Ular Ukrainaga NATO a’zoligiga teng himoya beradimi? Va eng asosiysi — agar Rossiya yana Ukrainaga hujum qilsa, AQSh avtomatik ravishda urushga kirishga majbur bo‘ladimi?

AQSh elchisi o‘zbekistonlik talaba vafoti yuzasidan hamdarlik bildirdi

15/12, 17:19

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV axborot xizmati ham o‘zbekistonlik talaba vafoti haqidagi xabarlarni tasdiqlab, ta’ziya bildirgandi.

AQShning Braun universitetidagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

15/12, 09:45

Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov o‘z telegram-kanalida xabar berdi.

“Kuppa-kunduzi qaroqchilik”. FIFAga ayblov ilgari surildi

14/12, 17:57

Dunyo bo‘ylab futbol muxlislari 2026 yilda o‘tadigan jahon chempionati chiptalari qimmatligi sabab FIFAni “misli ko‘rilmagan xiyonat”da ayblamoqda. FIFAdan chipta sotish siyosatini qayta ko‘rib chiqish talab qilinmoqda.

Putin «taxti qimirlab qolgan» Maduro bilan gaplashdi: nimalar ma’lum?

11/12, 21:01

Mamlakatda siyosiy vaziyat tobora keskinlashmoqda.

Millionlab muhojirlar AQShni tark etdi: tafsilotlar

11/12, 20:28

2025-yil yanvaridan beri 605 ming hujjatsiz migrant mamlakatdan majburan chiqarib yuborilgan, yana 1,9 million kishi esa o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgan.

Kiyev AQShga «tinchlik rejasi» bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi

11/12, 12:41

Ukraina qator yevropalik ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng AQSh ma’muriyatiga Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasiga o‘zining rasmiy tuzatish va izohlarini yubordi. Bu haqda avval Axios, keyin esa «RBK-Ukraina» manbalari orqali ma’lum qilindi.

AQShga borayotgan 42 davlat vakillarining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari tekshiriladi

11/12, 11:34

Ayni paytda 42 davlat fuqarolari vizasiz kirish dasturi doirasida AQSh hududida 90 kungacha vizasiz yurishi mumkin. 2 yillik ruxsatnoma uchun hozirga qadar faqat aloqa uchun ma’lumotlar talab qilingan, xolos. 

Amerikalik zerikkanidan 950 ming dollar yutib oldi

11/12, 06:46

Jekpotni yutish imkoniyati 10 milliontadan bittani tashkil etgan.

Kongressmen AQShni NATOdan chiqarishni taklif qilyapti

10/12, 15:58

Kentukkidan saylangan kongressmen Tomas Messi (Respublikachi partiya) AQShning NATOdan chiqishini talab qiluvchi HR 6508 — «NATO Act» qonun loyihasini AQSh Qo‘shma Shtatlari Kongressiga kiritdi.

Axios: AQSh Ukrainaga kuchli bosim o‘tkazyapti

09/12, 13:38

Bu haqda Axios nashriga ukrainalik ikki rasmiy ma’lum qilgan.

AQSh diplomati siyosatchilar eslashni xushlamaydigan qaltis mavzudan gap ochdi

08/12, 17:25

So‘nggi 80 yil ichida AQSh ishtirokida dunyo bo‘ylab 93 ta davlat to‘ntarishi yoki tuzum o‘zgarishi amalga oshirilgan. Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barrak «The National» nashriga bergan intervyusida gapirdi.

AQSh Yevropa davlatlarini Rossiya aktivlarini Ukrainaga bermaslikka chaqiryapti

06/12, 08:35

Bloomberg agentligining xabar qilishicha, AQSh bir nechta Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlarini ishlatish rejasini qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan. Bu haqda agentlikka bir necha yevropalik diplomatlar ma’lum qilgan.

 AQSh va Ukraina delegatsiyalari Mayamidagi muzokaralarni yakunladi

05/12, 12:00

AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida Mayami shahrida o‘tkazilgan uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

AQSh «tinchlik rejasi»: muzokaralarning yangi raundi Mayamida bo‘lib o‘tadi

04/12, 10:52

Donald Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerning Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashuvini sharhlab chiqdi.

Kreml: AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda murosaga erishilmadi

03/12, 15:06

Moskvada AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirokida o‘tgan besh soatlik muzokaralardan so‘ng Kreml muzokaralar «yaxshi ruhda o‘tganini» bildirdi, ammo asosiy masalalar bo‘yicha kelishuv hozircha yo‘q.

Pentagon rasmiysi: AQShda Venesuela bo‘yicha reja bor

02/12, 22:26

Ammo rasmiy bu rejaning tafsilotlarini jamoatchilikka oshkor etmadi.

Tramp: «Urushni tugatish uchun yaxshi imkoniyat bor»

01/12, 10:49

Kecha, yakshanba kuni Floridada Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyalari o‘rtasidagi muhim uchrashuv bir necha soatdan beri davom etdi. Axios’ning yozishicha, muzokaralar Mayamidagi Stiv Uitkoffga tegishli golf-klubda o‘tkazilgan.

AQSh Qrim va ayrim hududlarni Rossiya hududi deb tan olishi mumkin

29/11, 15:59

AQSh prezidenti Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda Rossiya nazoratiga o‘tgan hududlarni tan olishga tayyor.

Oq uy «xavf yuqori» bo‘lgan davlatlar fuqarolarining grin-kartalarini qayta ko‘rib chiqadi

28/11, 11:40

AQSh 19 ta «xafv soluvchi» davlat fuqarolarining grin-kartalarini qayta ko‘rib chiqadi: Tramp «uchinchi dunyo mamlakatlaridan migratsiyani to‘xtatish»ni va’da qildi

Daniya Trampga qorovul qo‘ydi

28/11, 08:55

Trampning har bir bayonotini kuzatib boradi.

AQSh tinchlik rejasining «qahramonlari» kim ekani aniq bo‘ldi

27/11, 23:25

Axios nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, vitse-prezident J.D. Vens va davlat kotibi Marko Rubio hujjatni muhokama qilish uchun maqbul deb hisoblashgan.

AQShda haydovchilik qilayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

27/11, 22:29

Ba’zi ushlangan shaxslar bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmoqda.

Yana