Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

bugun, 07:50

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

24/06, 12:57

Ashraf Xo‘jayev Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Taye Atske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi.

Kendzi Hirata: Taraqqiyot deb qadriyatlardan voz kechmang!

11/06, 11:06

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi «Xabar.uz»ga intervyu berdi.

Xorvatiya prezidenti Isroilning yangi elchisini tasdiqlashdan bosh tortdi

19/05, 15:23

Zoran Milanovich amaldagi Isroil hukumati olib borayotgan siyosatdan norozi. U avval ham Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyasini bir necha bor tanqid qilgan.

Kuvaytning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

11/05, 22:21

TIV rahbari Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi

09/05, 18:43

Ish Toshkentdagi Italiya elchixonasidagi tekshiruvdan so‘ng ochilgan.

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi hibsga olindi: «Menga pul kerak edi»

09/05, 07:55

Noqonuniy tizim orqali Rossiya fuqarolariga uzoq muddatli turistik vizalar berilgan.

O‘zbekistonning yangi elchisi BAAda rasman ish boshladi

30/04, 12:57

Yangi tayinlangan elchi BAAda ilk rasmiy uchrashuvni o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama munosabatlarning yangi bosqichi muhokama qilindi.

Norvegiya qirolligi O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi

15/04, 15:54

Norvegiya qirolligi diplomat Xelen Sand Andresen xonimni O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinladi.

O‘zbekistonning BAAdagi yangi elchisi tayinlandi

08/04, 13:09

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan Umid Rustamovich Shodiyevni O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonning Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchisi tayinlandi

01/04, 14:42

Bugun Vellington shahridagi «Government House» qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchi sifatida ushbu davlat General-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

24/01, 14:55

Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Ikki davlat O‘zbekistonga yangi elchilarini jo‘natdi

12/01, 17:01

Belgiya hukumatining O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayer mamlakat TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekiston hukumati Vatikanga yangi elchisini jo‘natdi

16/12, 11:36

Vatikanning Havoriylar saroyida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farruh Tursunov Rim Papasi Lev XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Somali hukumati O‘zbekistonga ilk marta o‘z elchisini jo‘natdi

27/11, 13:36

Somali Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

O‘zbekiston elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

27/11, 11:01

O‘zbekistonning Bangladesh Xalq Respublikasidagi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad Shahobuddinga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Jazoir elchisi O‘zbekiston bilan hamkorlik holatini baholadi

25/11, 09:40

Toshkentda Jazoir milliy bayrami — Inqilob kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda nutq so‘zlagan diplomat O‘zbekistondagi kechayotgan islohotlar yuzasidan ham fikr bildirdi.

Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgardi

18/11, 11:09

Yangi lavozimga Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nasriddin Ismatullo tayinlandi.

Yaponiya va Serbiya davlatlari O‘zbekistonga yangi elchilarini jo‘natdi

28/10, 13:40

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Kenji Hiratani qabul qildi.

O‘zbekiston Iroqqa yangi elchisini jo‘natdi

10/10, 11:58

O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Al-Kuvayt shahrida joylashgan) Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat Prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Putin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natadi

05/09, 16:47

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 sentyabrda O‘zbekistonga yangi elchini tayinlashga doir hujjatni imzoladi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga endi 2017 yildan beri Rossiyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Aleksey Vladimirovich Yerxov rahbarlik qiladi. 

Fransiya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

29/08, 17:14

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan va Elchi xonimga «mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi» uchun «Do‘stlik» ordeni topshirilgan edi.

Daniya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

01/08, 15:45

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Daniyaning yangi elchisi etib tayinlangan Yesper Varni qabul qildi.

elchi soxta ekan...

24/07, 09:31

Bir uyni ijraga olib, xuddi elchixonalar kabi jihozlab, bir nechta davlatlar bayroqlarini osib qo‘ygan.

O‘zbekiston elchisi Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi

09/07, 19:32

56 yoshli Haydarov 2024-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekistonning Serbiyadagi yangi elchisi tayinlandi

08/07, 17:38

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Indoneziya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

07/07, 13:22

Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonim mamlakat TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Ilhom Haydarov O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi etib tayinlandi

17/06/2025

56 yoshli diplomat 2024-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekistonning Irlandiyadagi yangi elchisi tayinlandi

12/06/2025

O‘zbekistonning Irlandiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov (qarorgohi London shahrida) ushbu mamlakat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti rahbari Ralf Viktorga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

29/05/2025

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg‘unov 28-may kuni ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Yana