Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki davlat O‘zbekistonga yangi elchilarini jo‘natdi

12/01, 17:01

Belgiya hukumatining O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayer mamlakat TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekiston hukumati Vatikanga yangi elchisini jo‘natdi

16/12, 11:36

Vatikanning Havoriylar saroyida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farruh Tursunov Rim Papasi Lev XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Somali hukumati O‘zbekistonga ilk marta o‘z elchisini jo‘natdi

27/11, 13:36

Somali Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

O‘zbekiston elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

27/11, 11:01

O‘zbekistonning Bangladesh Xalq Respublikasidagi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad Shahobuddinga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Jazoir elchisi O‘zbekiston bilan hamkorlik holatini baholadi

25/11, 09:40

Toshkentda Jazoir milliy bayrami — Inqilob kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda nutq so‘zlagan diplomat O‘zbekistondagi kechayotgan islohotlar yuzasidan ham fikr bildirdi.

Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgardi

18/11, 11:09

Yangi lavozimga Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nasriddin Ismatullo tayinlandi.

Yaponiya va Serbiya davlatlari O‘zbekistonga yangi elchilarini jo‘natdi

28/10, 13:40

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Kenji Hiratani qabul qildi.

O‘zbekiston Iroqqa yangi elchisini jo‘natdi

10/10, 11:58

O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Al-Kuvayt shahrida joylashgan) Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat Prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Putin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natadi

05/09, 16:47

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 sentyabrda O‘zbekistonga yangi elchini tayinlashga doir hujjatni imzoladi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga endi 2017 yildan beri Rossiyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Aleksey Vladimirovich Yerxov rahbarlik qiladi. 

Fransiya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

29/08, 17:14

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan va Elchi xonimga «mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi» uchun «Do‘stlik» ordeni topshirilgan edi.

Daniya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

01/08, 15:45

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Daniyaning yangi elchisi etib tayinlangan Yesper Varni qabul qildi.

elchi soxta ekan...

24/07, 09:31

Bir uyni ijraga olib, xuddi elchixonalar kabi jihozlab, bir nechta davlatlar bayroqlarini osib qo‘ygan.

O‘zbekiston elchisi Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi

09/07, 19:32

56 yoshli Haydarov 2024-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekistonning Serbiyadagi yangi elchisi tayinlandi

08/07, 17:38

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Indoneziya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

07/07, 13:22

Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonim mamlakat TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Ilhom Haydarov O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi etib tayinlandi

17/06, 12:18

56 yoshli diplomat 2024-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekistonning Irlandiyadagi yangi elchisi tayinlandi

12/06, 17:23

O‘zbekistonning Irlandiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov (qarorgohi London shahrida) ushbu mamlakat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti rahbari Ralf Viktorga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

29/05, 11:59

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg‘unov 28-may kuni ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

28/05, 10:52

O‘zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) Nodir G‘aniyev ushbu mamlakat Prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning yangi elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

17/05, 17:50

Ikki mamlakat o‘rasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-iyunda o‘rnatilgan.

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

12/05, 18:31

2025-yil 12-may kuni Sloveniya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi elchisi Alenka Suxadolnik o‘z faoliyatini boshladi. U O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekiston elchisi Estoniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

21/04, 09:44

Eslatib o‘tamiz, Timur Rahmonov 2024 yil 13 mart kuni O‘zbekiston elchisi sifatida Riga shahriga borgan edi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u 2021-2024 yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan.

Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

14/04, 16:42

Bugun Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Sergey Vakunov mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Moskva shahrida xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan reyd yuzasidan nota topshirildi. Unda joriy yil 10 aprel kuni Moskvadagi jamoat hammomlaridan birida hibsga olingan fuqarolar bo‘yicha tushuntirish talab qilingan.

Trampni tanqid qilgan elchi AQShdan haydaldi

15/03, 14:10

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) Vashingtondagi elchisi Ibrohim Rasulni «persona non grata» (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi.

O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi tayinlandi

02/03, 15:17

Abat Fayzullayev 2020-2023 yillarda O‘zbekistonning Avstriyadagi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi sifatida ishlagan.

Turkiya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

27/02, 12:15

Turkiya hukumati O‘zbekistondagi elchixonasiga Ufuk Ulutashni rahbar etib tayinladi.

Kanada, Ispaniya va Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ish boshladi

19/02, 12:01

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 18 fevral kuni Kanada va Ispaniyaning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Turkiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

09/02, 13:55

Olgan Bekar 2021-yildan buyon Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekistonning Islandiyadagi ilk elchisi mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

07/02, 16:03

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov (qarorgohi London shahrida joylashgan) Islandiya prezidenti Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Abduqodir elchi bilan uchrashdi

04/02, 14:20

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Manchester Siti»ning yangi o‘zbekistonlik o‘yinchisi Abduqodir Husanov bilan elchixonada uchrashdi.

Ispaniya elchisi uxlab qolgani uchun lavozimidan bo‘shatildi

03/02, 09:13

Bu paytda tashqi ishlar vaziri Ispaniyaning 2025-yildagi tashqi siyosati istiqbollari haqida ma’ruza qilayotgandi.

O‘zbekistonning Albaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

31/01, 16:59

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Albaniya Prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Qirg‘iziston O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

20/01, 16:30

Bu haqda O‘zbekistonning tashqi siyosatiga mas’ul rasmiyning o‘zi ma’lum qildi.

O‘zbekiston ilk bor Kiprga elchi tayinladi

19/12/2024

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda o‘rnatilgan.

O‘zbekiston elchisi Sloveniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

15/12/2024

Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktyabrida O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Oybek Shaxavdinov ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga o‘zining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.

Yusuf al-Utaybiy: «O‘zbekistonning sarmoya bo‘yicha birinchi hamkori bo‘lmoqchimiz»

12/12/2024

Saudiya Arabistoni iqtisodiyot va sarmoya sohasida O‘zbekistonning muhim hamkorlaridan biri sanaladi.

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi

29/11/2024

2020–2024-yillarda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga hamdardlik bildirdi

26/11/2024

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning birinchi elchisi Kuba prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

21/11/2024

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Ulug‘bek Lapasov (qarorgohi Nyu-York shahrida) Kuba Prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Yana