Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Aripov: Markaziy Osiyo global xavfsizlik bo‘yicha munozaraga ijobiy hissa qo‘shishga qodir

Kecha, 15:24

Joriy yilning 14-15 fevral kunlari Myunxen shahrida (GFR) bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik bo‘yicha 62-Myunxen konferensiyasi doirasida ushbu platforma tarixida birinchi marta Markaziy Osiyo tinch transformatsiya, barqaror rivojlanish va mintaqaviy mas’uliyatning o‘ziga xos modeliga ega yaxlit mintaqa sifatida taqdim etildi. Bu fikr Nizomiy Ganjaviy nomidagi xalqaro markaz (Ozarbayjon) va Kaspiy siyosati markazi (AQSh) tomonidan tashkil etilgan tadbirlardagi munozaralar doirasida bildirildi.

Buxoroda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan jihozlar sotilayotgani aniqlandi

27/01, 21:35

Mutaxassislar bunday jihozlardan foydalanish elektr toki urishi, kabelning haddan tashqari qizishi va yong‘in kelib chiqishi kabi xavfli holatlarga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

“Og‘ir” tuman va mahallalar barqaror elektr bilan ta’minlanadi

23/01, 16:52

“Og‘ir” tuman va mahallalarda aholini ishli qilish hamda daromadini ko‘paytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy ob’yektlarning energiya samaradorligi uchun 264 mln dollar jalb etiladi

14/01, 18:27

Xalqaro ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston eng ko‘p energiya sarflaydigan mamlakatlar qatoriga kiradi. Xususan, respublikamizda binolarning yakuniy energiya iste’molidagi ulushi qariyb 50 foizni tashkil etib, bir kvadrat metrga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi Yevropa mamlakatlariga nisbatan bir necha barobar yuqori.

elektr tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi

05/01, 18:20

Texnologik buzilishlarning tekshiruvi ular aniqlangan zahoti boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi lozim.

1,2 trln so‘mdan ortiq energiya resurslari talon-toroj qilingan – O‘zenergoinspeksiya

29/12, 15:23

Joriy yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2 887 ta holat aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining joriy yil yakunlari uchun hisobotida aytiladi.

Fermerlarga ortiqcha hisoblangan elektr to‘lovlari qaytarildi

16/12, 13:29

Vakil devoni tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni aniqlab, bartaraf etish bo‘yicha hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Soliqdan qarz bo‘lganlarning chirog‘ini o‘chirib qo‘yish rejalashtirilyapti

01/12, 11:14

Tegishli qaror bilan Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining soliq munosabatlarini tashkil etishda yangicha yondashuvni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullandi.

Andijonda salkam yarim milliard so‘mlik o‘g‘irlik fosh qilindi

18/11, 18:24

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentning ikki tumanida elektr uzilishlari kuzatilmoqda

10/11, 19:42

Energetika vazirligi vazichtga izoh berdi.

Sug‘orishda elektr xarajatlarini yarimgacha qoplash mexanizmi joriy etilmoqda

04/11, 09:15

2026 yil 1 yanvardan boshlab ozuqabop va moyli ekinlar yetishtiruvchi, sug‘orish jarayonida o‘z balansidan nasos agregatlaridan foydalanadigan sub’yektlarga sarflangan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

Prokuratura Xorazmda yarim milliardlik o‘g‘irlikni fosh qildi

09/10, 21:01

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Prezidentga Toshkentdagi elektr bilan bog‘liq vaziyat haqida axborot berildi

08/08, 22:02

Poytaxtimizda aholi soni ham, bunyodkorlik ko‘lami ham oshib bormoqda. Bir yil ichida 12 mingta yangi quvvat, savdo va servis majmualari ishga tushdi. Odamlarning turmush tarzi yaxshilanib, maishiy texnikalardan foydalanish ko‘payyapti.

Toshkentda kuzatilayotgan elektr uzilishlar yuzasidan vazirga so‘rov yuborildi

02/08, 07:58

Toshkent shahrida elektr energiyasi ta’minotida so‘nggi paytlarda uzilishlar ko‘paygani aholining kundalik hayoti, ijtimoiy soha ob’yektlari va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Avgustdan chiqindidan qarzi borlarning elektrga to‘lov qilishi cheklanadi

11/07, 20:04

Ushbu tartib 2025 yil 30 iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston bo‘ylab elektr va gaz o‘g‘irlayotganlar aniqlandi

20/06, 19:44

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentning uch tumanida elektr muammosi yuzaga keldi

17/06, 22:00

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Gaz va «svet» kompensatsiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi

07/06, 14:04

Joriy yil 1-maydan O‘zbekiston bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumi (noyabr–fevral)da emas, har oyda to‘lab beriladi.

Samarqandda elektromontyor qo‘lga olindi

02/06, 18:03

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Joriy etilgan «ijtimoiy norma» qancha gaz va «svet»ni iqtisod qilgani aytildi

02/06, 17:31

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2024-yil may oyida joriy etilgan ijtimoiy iste’mol normasiga asoslangan yangi tarif siyosati doirasida uy xo‘jaliklarining energiya iste’moliga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Yana