Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Seni yaxshi ko‘raman «maxluqcha» (esse)

22/12, 10:14

Kichkina qizim bilan do‘konlarni aylana turib, o‘yinchoqlar do‘koni ro‘parasidan chiqib qoldik. Qizim o‘yinchoq o‘ynaydigan yoshdan o‘tib qolgan bo‘lsada, nima uchundir biror o‘yinchoq olib berib xursand qilgim keldi va do‘kon eshigidan mo‘raladim. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, do‘konning ochiq eshiklaridan ichkaridagi sevimli o‘yinchog‘imga ko‘zim tushib qoldi va qizimga olib berish fikri uyg‘ondi.

Ko‘zi to‘q odamning yashash falsafasi yoxud mulkdan bosh tortish quvonchi...

09/12, 11:43

Ortiqcha chang, tig‘iz joy, bu ko‘zga ko‘rinmas zulm emasmi? Chunki buyumlar vaqtimizni, e’tiborimizni va quvvatimizni yutadi. Har bir buyum hayotimizdagi bir bo‘lak vaqtni tortib oladi. Masalan ularni tozalash uchun sarflangan daqiqalar, bir kiyimni tanlash uchun ketkazilgan asab, gadjetlar uchun sarflangan soatlar. Va bizning hayotimizning qanchadan  qanchasi buyumlar orasida “adashib” ketgan ekan-a?

Pul o‘z ahamiyatini yo‘qotgan kun – oddiylik haqida esse

26/08, 12:36

«Xarid qil, ko‘proq iste’mol qil» deb baqiradi. Reklamalar, blogerlar, hatto do‘stlar, qarindoshlar ham, go‘yoki odamlar bir-birini havaslantirish, hasadlantirish yoki zamonaviy tilda aytganda motivatsiya berish uchun poyga o‘ynayotgandek: yangi gadjetlar, moda kiyimlar, restoranlar, ziyofat va gap-gashtaklar. Hayotning mana shu g‘ildiragida aylanmasangiz go‘yoki zamondan orqada qolib ketgansiz.

esse: Qish va men yoxud nima uchun qishni yomon ko‘raman?

15/01, 12:59

Men O‘zbekistonning qishini yomon ko‘raman. Shaharda yashasam ham, gaz taqchil bo‘lmasa-da, pechkaga ko‘zim achib o‘t qalamasam-da yomon ko‘raman...

«Quyosh bolalari» (esse)

19/06/2024

Sababi, bundayin bolalar noyob insonlar bo‘lishadi. Ular yolg‘on, yomonlik, hasad kabi insonni tuban etuvchi illatlardan batamom holi bo‘lishadi. Quyosh bolalar uchun bu olam faqat yaxshiliklar va yaxshi odamlardan tarkib topgan.