Komila Boymurodova: «Men ishlashdan uyaladigan, lekin tilanishdan or qilmaydiganlardan bezorman!»
Ba’zan insonning yutuqlarini ko‘rib uning bu darajaga yetishida kim yoki nima sabab bo‘lgan deb o‘ylab qolasan. Bugungi suhbatdoshim bilan gaplashish asnosida bir haqiqatni angladim: insonni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan, uning irodasini toblaydigan eng katta kuch – bu muhit ekan.
O‘zbekligimdan faxrlanaman... O‘zbekligimdan uyalaman...
Men shu millatning vakiliman, bir bo‘lagiman. Har bir yutug‘iga quvonaman, qusuriga achinaman. Har bir vakili men uchun aziz, yaxshisi ham, yomoni ham. Millatim fe’li shunchalar rang-barangki, ta’rifida kitoblar bitsa arziydi. Uning o‘ziga xos qirralari yaqqol namoyon bo‘laverganidan dunyoga tanilib ulgurgan.

