Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi
Nyu-Yorkdagi Boş konsulxona diplomatlari AQŞning «Regeneron ISEF» ilmiy-taʼlim hamjamiyati vakillari bilan muzokara ötkazdi.
Toşkent va Sietl hamkorlikni rivojlantiradi
Toşkent va Sietl 1973 yilda birodarlaşgan şaharlarga aylangan. Oradan bir yil ötib, Sietlning Kapitol-Xill dahasida «Toşkent» boği barpo etilgan. Bugungi kunda boğ mahalliy aholi uçun sayr maskani bölib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va Eron yuk tashish xarajatlarini kamaytirishga kelishib oldi
Bu masalalar O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Farzona Sodiq boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
O‘zbekiston AQSh bilan sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi
Hamkorlik doirasida tajriba almashish, universitetlar, kompaniyalar va davlat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston ishtirokida ta’lim tashabbuslari va sinov loyihalarini o‘rganish ko‘zda tutilgan.
Prezident AQShning yetakchi korporatsiyasi rahbarini qabul qildi
Kompaniya bilan tog‘-kon sanoati, metallurgiya, qurilish sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda shahar infratuzilmasiga raqamli yechimlarni joriy etish yuzasidan hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligi bo‘yicha takliflar bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Maslahat uchrashuvida mintaqa munosabatlari, savdo, investitsiya, infratuzilma, energetika, suv va inson kapitali bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston strategik sheriklik kengashi tuzadi
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilib, yangi bitim imzolashdi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yaponiya elchisi O‘zbekiston bilan hamkorlikning muhim yo‘nalishi haqida gapirdi
Elchi qarorgohida tashkil etilgan Kunchiqar o‘lka oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari klubining o‘ninchi uchrashuvida bu gal sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib Yaponiyaga o‘qishga ketayotgan talabalar ham ishtirok etdi.
Fransiya IIV vakili Toshkentda ish boshladi
17 sentyabrda Fransiya Ichki ishlar vazirligining O‘zbekistondagi vakili Siril Gu Toshkentda faoliyatini boshladi. O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Asif ur Rahmon: «O‘zbekiston bilan media hamkorlikni kengaytirish istagidamiz»
Pokistonning Associated Press of Pakistan axborot agentligi bilan O‘zbekiston axborot agentligi, shuningdek, Pakistan Television Corporation bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolangan.
O‘zbekistondan Gruziyaga yuk tashuvchilar uchun elektron ruxsatnoma tizimi joriy etildi
Yangi tizim xalqaro avtomobil yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalar olish jarayonini soddalashtirish, raqamlashtirish va ortiqcha ovoragarchiliklarni kamaytirishga qaratilgan.
Afg‘onistonlik tadbirkorlar O‘zbekiston avtomobil bozoriga qiziqish bildirmoqda
Mehmonlar Sergeli tumanidagi iste’moldagi transport vositalari va ehtiyot qismlar bozori hamda boshqa savdo majmualari faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston va Belarus hududlararo hamkorligi yangi bosqichga chiqadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Prezident Toskana viloyati bilan hamkorlik salohiyatini yuqori baholadi
Shavkat Mirziyoyev Italiyaning Toskana viloyati gubernatori bilan uchrashib, savdo, investitsiya va hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri sanaladi. O‘zaro aloqalar energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi.
Ham ekin, ham energiya: fransuz kompaniyasi O‘zbekistonda innovatsion loyihani amalga oshiradi
Fransiyaning «Voltalia» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agrovoltaika loyihasi doirasida 500 kVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi.
O‘zbekistonda gumanoid robotlar ishlab chiqariladi
Toshkentdagi «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasida Janubiy Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikda gumanoid robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishiga start berildi.
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi yangi texnologik loyihalar muhokama qilindi
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Tomonlar energetika, geologiya va infratuzilma sohalarida yirik loyihalarni tezlashtirishga kelishdi.

