Talabalar o‘rtasida har yili «Eng Innovatsion g‘oya» respublika tanlovi o‘tkaziladi
Tanlov davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant beriladi. Shuningdek, respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.
Innovatsion g‘oyalaringiz bormi? Vazir sizni eshitadi
«AKT rivoji uchun innovatsion g‘oyalar» deb nomlangan ushbu portal orqali barcha xohlovchilar AKT sohasi bo‘yicha o‘z g‘oyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirga yuborishlari mumkin.

