
Merosni qaytarish missiyasi: Londondagi nodir eksponatlar
Londondagi Dovud Shoh kolleksiyasida Saljuqiylar sulolasi vakili — Abu Mansur ibn Sabuktekinga tegishli bo‘lgan kumush patnis saqlanmoqda.

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY va Markaz o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2025 yil 23 iyun kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda TURKSOY bosh kotibi, ilmiy kengash a’zolari, ishchi guruh rahbarlari, xalqaro hamkor mutaxassislar ishtirok etdi.

Salim ibn Muhammad Al-Malik: «Islom madaniyati va sivilizatsiyasiga yuksak e’tiborni O‘zbekistonda ko‘rdim»
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti – AYSESKO (ISESCO) rahbari Salim ibn Muhammad Al-Malik boshchiligidagi hay’at tashrif buyurdi.

Islom sivilizatsiyasi markazidagi "Vaqt devori"ga 20 taga yaqin miniatyura chiziladi
Devoriy suratni chizishda 100 ga yaqin rassom ishtirok etadi.

Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yangi film premerasi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Rossiyaning “Divi” kinokompaniyasi hamkorligida tasvirga olingan Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan va jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan tarixiy-badiiy hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tadi.

«O‘zbekiston. G‘alabaga yo‘l» — yangi film premerasi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Rossiyaning «Divi» kinokompaniyasi hamkorligida tasvirga olingan «O‘zbekiston. G‘alabaga yo‘l» nomli tarixiy-badiiy hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tadi.

«Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans» ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning «Sila sveta» kompaniyasi va hamkor tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi – meros va bilim targ‘ib etuvchi maskan
O‘monning “Ar-Ro‘’ya” nashri jurnalist Ibrohim Al-Hodiyning “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: meros va bilimlarni targ‘ib qiluvchi madaniy yodgorlik” sarlavhali maqolasini chop etdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning «Manara» markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun, 4 aprel kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Abu-Dabidagi «Manara» Hamjihatlikda yashash va mintaqaviy muloqot markazi bilan hamkorlikda «Muloqot, hamjihatlik va istiqbol» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Kuvaytda Buxoro amiriga tegishli zeb-ziynatlar topildi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya va O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt shahridagi Toriq Rajab muzeyiga tashrif buyurishdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va WOSCU hamkorligida «O‘zbekiston madaniy merosi — butun insoniyat boyligi. Yangi O‘zbekistonning xalqaro loyihalari taqdimoti» mavzusida anjuman o‘tkazildi.

Islom sivilizatsiyasi markazida amaliy-seminar bo‘lib o‘tdi (video)
Seminar Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy-amaliy va ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyatini rivojlantirish, ekspozitsiyani boyitish hamda zamonaviy muzey texnologiyalarini tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.

Italiyadan shov-shuvli bayonot: Leonardo da Vinchi sharq olimlarining ilmiy merosidan ilhomlangan
Mario Teddi: «Leonardo da Vinchi o‘zining ko‘plab ixtirolarida sharq olimlarining ilmiy merosiga tayangan – bu shubhasiz haqiqat!».

Italiya to‘plamlaridagi O‘zbekiston madaniy merosi durdonalari Toshkentda namoyish etiladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi munosabati bilan Italiya muzeylari vakillari va kolleksionerlari O‘zbekiston tarixiga oid noyob eksponatlarni poytaxtga olib keladi.

Italiyada «Boburnoma» asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Tarjima mazkur nashriyot tarafidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zboshisi bilan ko‘p nusxada chop etilgan.

Malayziyaning islom san’atiga oid nodir kolleksiyasi O‘zbekistonda namoyish etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi Malayziya Islom san’ati muzeyi rahbariyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston Malayziya tomoni bilan islom merosi yo‘nalishida hamkorlik qiladi
Bugun Malayziya Islom san’ati muzeyida ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash va islom sivilizatsiyasini o‘rganishda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan «Madaniy meros: O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘prik» mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ulkan gumbaz ostidagi durdona (video)
Bu yerda markaz durdonasi, Kur’onning eng qadimiy nusxasi Usmon Musxafi joylashtiriladi.

CNN o‘zbek allomalari haqida maqolalar e’lon qildi
Dunyoning yetakchi axborot platformalaridan biri — CNN O‘zbekistonning buyuk allomalari haqida turkum maqolalar chop etdi. Unda Ahmad al-Farg‘oniy, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi allomalarning o‘zbek millatiga mansub bo‘lgani alohida e’tirof etilgan.

Toshkentda Ibn Battutaning O‘zbekistondagi sayohatlari to‘g‘risida interaktiv ko‘rgazma tashkil etiladi
Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy meros haftaligida ma’lum qilinishicha, taniqli sayohatchi Ibn Battutaning O‘zbekiston hududidagi sarguzashtlari, bosib o‘tgan yo‘li, ko‘rgan shaharlari me’morchiligi va urbanistikasiga bag‘ishlangan zamonaviy texnologiyalar asosidagi interaktiv mediya ko‘rgazma tashkil etiladi.