Qidiruvdagi avtomashina ustaxonadan topildi
Transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
O‘zbekistonliklar kreditni asosan uy-joy ta’miri va ta’limga olmoqda
Markaziy bank so‘rovida aholining aksariyati daromad, xarajat, jamg‘arish va kreditga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha ijobiy kutilmalarni bildirgan. Biroq ayrim yo‘nalishlarda ehtiyotkorlik kuchaygan.
Banklar endi kreditning xavflari haqida mijozni oldindan ogohlantiradi
Yangi tartibga ko‘ra, banklar kredit reklamasi va shartnomasida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida mijozni oldindan ochiq aniq ogohlantirishi kerak.
Milliy gvardiya xizmatchilari nomidan kredit olganlar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Endi 500 million so‘mgacha kreditlar uchun biznes-reja talab etilmaydi
Kichik tadbirkorlik loyihalarida kredit miqdori 500 million so‘mgacha bo‘lsa, biznes-reja talab etilmaydi.
Fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib, 17 mlrd so‘m o‘zlashtirgan jinoiy guruh fosh etildi
Jinoiy guruh a’zolari internetda «foizsiz kredit olib beramiz» mazmunidagi e’lonlarni joylashtirib, qiziqish bildirgan fuqarolarni oldindan ijaraga olingan hashamatli ofislarga taklif qilgan.
Dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga kredit ajratiladi
Hukumat qarori bilan texnikumlar bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibi tasdiqlandi.
Texnikum bitiruvchisini ishga olgan tashkilotlarga kredit beriladi
Hukumat qarori bilan «Texnikumlar bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Yangi boshlayotgan tadbirkorlar 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznesni boshlash va rivojlantirish uchun yangi moliyaviy imkoniyatlarni ma’lum qildi.
«Muruvvat» uyidagi firibgarlik: hamkasblari nomiga kredit olgan shaxs qamaldi
Sud M.G‘.ning aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, qilmishidan pushaymonligini va oilaviy-moddiy ahvolini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida inobatga olgan.
Endi kredit reklamalarida uni to‘lay olmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirish berilishi belgilanmoqda
Bu kredit bilan bog‘liq moliyaviy xatarlar to‘g‘risida aholi va tadbirkorlarning xabardorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bankni 25 mlrd so‘mga «tushirgan» shaxs aniqlandi
U garovda bo‘lgan bino-inshootlarni soxta hujjatlar bilan takroran garovga qo‘ygan.
Imtiyozli kredit uchun salkam yarim mln dollar talab qilganlar ushlandi
Ular fuqaroning ishonchiga kirib, 3,5 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytishadi.
Qarshida katta miqdordagi kredit firibgarligi fosh etildi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qarshi shahrida yashovchi shaxs Qo‘riqlash xizmati xodimining soxta xizmat guvohnomasi hamda Milliy gvardiya harbiy qismi nomidan ish haqi to‘g‘risidagi qalbaki ma’lumotnomalarni tayyorlab, ulardan bank kreditlarini olishda foydalangan.
Farg‘onada qarzlarini yopish uchun bolasini sotishga uringan er-xotinga hukm o‘qildi
Farg‘ona shahrida voyaga yetmagan farzandini pul evaziga boshqa shaxslarga berishga uringan er-xotinga nisbatan sud hukmi chiqarildi.
«Endi kredit to‘lamasangiz ham bo‘laveradi!»
Suhbat davomida oxirgi paytlarda internetda virus kabi tarqalayotgan «80 million so‘mdan ortiq krediti borlar uchun bankrotlik — eng yaxshi yechim» degan iddaolarning zamirida aslida qanday xavflar yotgani va bu jarayonning fuqaro uchun achchiq oqibatlari ochib beriladi.
Hududlarda katta miqdordagi kreditlarni o‘zlashtirgan bankirlar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda BXM xodimlari o‘zaro til biriktirib, 5 nafar fuqaroning nomiga imtiyozli kredit mablag‘i ajratib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Bank tizimidagi kreditlar miqdori yil boshidan beri 5,3 foizga o‘sdi
Mikrokreditlar hajmi 44,9 trln so‘mga yetib, 11 foizga oshgan bo‘lsa, mikroqarzlar hajmi 50,2 trln so‘mni tashkil etib, 2,6 foizga ko‘paydi.
O‘zbekistonda bank kreditlari 636 trillion so‘mdan oshdi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, kreditlar tarkibida asosiy ulush yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelib, ularga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 403,1 trillion so‘mni tashkil etgan.
kreditni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish tartibi qanday?
Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish mumkin, ammo bunday jarayon qonun bilan belgilangan muhim shartlar bajarilgandagina amalga oshiriladi.
Farg‘ona va Samarqandda kredit uchun pora talab qilgan bank boshliqlari aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda 5 oyda 10,6 trln so‘m ipoteka kreditlari ajratildi
Mamlakatda ipoteka krediti oluvchilarning asosiy qismi o‘rta yoshdagilar bo‘ldi.
Aholi qarzlari oshdi: kreditlar asosan qaysi sohalarga ishlatilmoqda?
2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 628,999 trln so‘mni tashkil etdi.
Tadbirkorlar kredit olishida yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi
U orqali tadbirkor kredit olish uchun ariza beradi, bir nechta banklardan tijorat takliflarini oladi, ularni taqqoslab, o‘ziga qulayini tanlaydi.
Bankdagi «tuzoq»: Samarqanddagi firibgarlik fosh etildi
Raqamli moliya dunyosida xavfsizlik masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Samarqandda yuz bergan so‘nggi voqea va qonunchilikdagi yangi o‘zgarishlar bank mijozlari uchun ham ogohlantirish, ham himoya kafolatidir.
Sirdaryoda salkam 3 mlrd so‘mlik kredit pullari talon-toroj qilindi
Kredit evaziga olingan chorva mollari sotib yuborilgan.
Firibgarlar olgan kreditlar endi bekor qilinadi
O‘zbekistonda onlayn kredit firibgarligi qurbonlari uchun yangi himoya mexanizmi joriy etilmoqda.
kredit va subsidiya uchun pul talab qilganlar ushlandi
AT “Xalq banki” Romitan standart bank xizmatlari markazining sho‘’ba mudiri xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, unga boshqa tijorat bankida ishlovchi tanishlari orqali 800 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘i olib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi.
Yosh tadbirkorlarga garovsiz 15 foizli kredit ajratish boshlanadi
Joriy yildan «Kelajak tadbirkori» dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi. Bu haqda davlat rahbari yoshlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Toshkentda bank xodimi 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi
Toshkent shahrida tijorat banki xodimi tomonidan yirik miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Nukusda qarzdor quruvchining xonadonlari auksionga chiqarib yuborildi
Nukusda bankdan kredit olib, qurilishni boshlagan qarzdorning 40 ga yaqin xonadoni olib qo‘yildi.
Markaziy bank tijorat banklarini ogohlantirdi
Regulyator tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuni tijorat banklariga xat yuborilgan.
Banklardan onlayn kredit olishga bir kunda bir marta ruxsat etiladi
Nizomga ko‘ra, onlayn kredit olish uchun ariza berilganda, kredit tashkiloti avvalo foydalanuvchi ma’lumotlarini Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrida tekshiradi.
Onlayn kredit firibgarligi qurbonlaridan qarz undirish to‘xtatiladi
Onlayn kredit olish jarayonida firibgarlikka uchragan fuqarolardan kredit va u bilan bog‘liq foizlarni undirish vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkentda kredit qarzdorligi uchun fuqaroning uylari olib qo‘yildi
Majburiy ijro byuroning Toshkent shahar Olmazor tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasi asosida «M.S.» MChJdan undiruvchi «BRB» ATB foydasiga jami 7,9 mlrd so‘m kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Intizomli fermerlarga «arzon kredit» berish taklif qilinyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyevga paxtachilik va g‘allachilikni moliyalashtirishni samarali tashkil etish hamda agrar sohada subsidiyalar ajratish yangi tizimi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
kredit qarzdorligini nafaqa va yordam pullaridan undirish taqiqlanadi
Markaziy bank boshqaruvining «Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida»gi qarori Adliya vazirligida 2025 yil 28 oktyabr kuni 3030-11-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
kreditlar reklamasida moliyaviy xatarlar haqida ham ogohlantiruv bo‘ladi – taklif
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozorida faollik ortib bormoqda. Shu bilan birga, ayrim kredit tashkilotlari tomonidan agressiv marketing va reklama orqali aholi o‘rtasida bunday moliyaviy xizmatlarning ommalashuvi, natijada esa qarz yukining keskin o‘sishi kuzatilyapti.
Kambag‘al oilalarga kredit ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun kreditlar ajratiladi
2026-yildan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.

