Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bemorning hayoti muhimmi yoki «kimningdir» hurmati?

10/03/2019

Albatta bemor hayotida, yo‘qsa, shifokorning oppoq libosga burkanib yurishida ne ma’no, dersiz?! To‘ppa-to‘g‘ri. Biroq Toshkentdagi 7-sonli shahar klinik shifoxonasida buning teskarisi kuzatilayotganiga nima deysiz?! Yana deng, mazkur dargohning xirurgiya bo‘limida! Xirurgiya, ya’niki, jarrohlik — tibbiyotning eng nozik (ko‘plar eng «soqqalik» deyishadi) tizimi hisoblanadi.