O‘zbekistonda Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif qilinmoqda
Loyihaga ko‘ra, Amir Temur nomli davlat stipendiyasi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga berilishi mumkin.
Andijonda 9,4 mlrd dollarlik loyihalarga start berildi
Shundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi, 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.
O‘zbekistonda pensiya yoshi oshiriladi: loyiha muhokamaga qo‘yildi
Loyiha muhokamasi 30-sentyabrgacha davom etadi.
Ayrim toifadagi fuqarolarga teatr, kino va konsertlar uchun vaucher berilishi mumkin
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
Qonunchilik palatasi majlisida «Sudyalarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Huquqbuzarlik haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda huquqbuzarlik holatlari haqida ichki ishlar organlari yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar bermagan mas’ul shaxslar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilinmoqda.
Qurolli Kuchlar uchun 1 million nusxa kitob xarid qilish taklif etildi
Loyihadan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, milliy hamda jahon adabiyotining sara namunalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Prezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
Yangi loyihalar hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum tushishi ta’minlanadi.
Mahkumlar mahsulotlarni onlayn xarid qilishi mumkin bo‘ladi
Bu Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi buyruq loyihasida nazarda tutilgan.
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston YaIMi 8,5 foizga o‘sdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturining 2026-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisobotini ko‘rib chiqdi.
Noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin
O‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Bu bo‘yicha Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ishtirokida qo‘shma loyihalarga start berildi
Marosim doirasida bank sohasidagi hamkorlik, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, ta’lim muassasalarini tashkil etish, avtomobillarga yoqilg‘i quyish infratuzilmasini barpo etish va boshqa sohalarda loyihalarga tamal toshi qo‘yildi.
Хоразмда бугуннинг ўзида 176 млн долларлик лойиҳалар ишга туширилди
Хива шаҳрига туташ 26 гектар майдонда 120 миллион долларлик “Саҳро юлдузи” замонавий туристик мажмуаси, Урганч туманида 26 миллион долларлик мис саноати кластери ва 60 миллион долларлик оптик толали кабеллар ишлаб чиқариш корхонаси барпо этилади.
O‘zbekistonda g‘o‘zapoyadan asfalt yaratiladi
Umumiy qiymati 2 milliard 824 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida paxta g‘o‘zapoyasi piroliz usulida qayta ishlanadi.
O‘zbekistonda «Ekohamkor» maqomi joriy etilishi mumkin
Mazkur maqom egalariga yashil bog‘ yoki parkka o‘z nomi yoki tashkiloti nomini berish, ekologik tadbirlar o‘tkazish hamda o‘z faoliyatini targ‘ib qilish huquqi beriladi.
Xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar ishdan bo‘shatilishi mumkin
Hukumat qarori loyihasi bilan davlat ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan malaka talablarini kuchaytirish taklif etilmoqda.
O‘zbekistonda Bolalar farovonligi indeksi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda bolalarning hayot sifati va huquqlarini baholashga xizmat qiladigan Bolalar farovonligi indeksi joriy etiladi.
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha yangi strategiya qabul qilinadi
Bu borada Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish muddati uzaytirilishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tizimlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Kiberjinoyatlarga qarshi yangi qonun loyihasi Senatga yuborildi
Qonun loyihasiga ko‘ra, banklar, to‘lov tizimi operatorlari yoki to‘lov tashkilotlari kiberxavfsizlik talablariga rioya etmagani yoki shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olmagani oqibatida fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplab berishi belgilanmoqda.
Litsenziya uchun turoperatorlarning 50 ming dollari muzlatib qo‘yiladi
Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Hukumat qarori loyihasida chiqish turizmi bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar uchun yangi moliyaviy talablar belgilanmoqda.
Ayrim issiqxonalar uchun soliq 10 barobarga oshirilishi mumkin
Bu Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasida belgilangan.
O‘zbekistonda faxriylar maqomi belgilanyapti. Ularga turli imtiyozlar beriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Faxriylar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi moddama-modda ko‘rib chiqilib, ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Toshkentda pulli avtoturargoh uchun to‘lov qilmaganlarga jarima joriy etilishi mumkin
Loyihaga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 128-11-modda bilan to‘ldirilib, yo‘l bo‘yidagi pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovdan bo‘yin tovlash yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima joriy etiladi.
Umumiy qiymati 137 mln dollar: Qashqadaryoda kanalizatsiya tizimlarini qurish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda
Loyiha doirasida Qarshi shahrida bir sutkada 60 ming kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega inshoot, Shahrisabz va Kitobda esa ikkita suv oqova tozalash inshooti, 14 ta nasos stansiyasi barpo etiladi.
O‘zbekistonda yagona Ekologiya kodeksi ishlab chiqildi: 53 ta qonun bitta hujjatga jamlanadi
Loyihaga ko‘ra, yangi Ekologiya kodeksi 25 bo‘lim, 131 bob va 665 moddadan iborat bo‘ladi. Unda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, chiqindilarni boshqarish, havo va suv resurslarini muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlash, «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid huquqiy normalar jamlanadi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida abadiy yaxshi qo‘shnichilikka doir hujjat qabul qilinadi
Quyi palata deputatlari «Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma»ni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Tadbirkorlikka noqonuniy aralashganlik uchun jazolar kuchaytirilishi mumkin
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va bu kabi harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy bilan qator masalalarni muhokama qildi.
O‘zbekistonda davlat xizmatlarining bir qismi xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin
Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Davlat boshqaruvini 2030 yilgacha nomarkazlashtirish strategiyasi» loyihasida so‘z boradi.

