Kreativ iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi 5 foizga yetkaziladi
Yangi Toshkentda kreativ park rezidentlari uchun ijara maydonlari, studiyalar, media va anjuman zallari, tijorat va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari joylashtirilsa, Nukus shahrining Istiqlol bog‘idagi mavjud pavilon rekonstruksiya qilinib, ko‘p funksiyali jamoat-madaniyat markaziga aylantiriladi.
Xorij avtomashinalari uchun «tonirovka» yig‘imi miqdori arzonlashadi – loyiha
Amaldagi tartibga ko‘ra, davlat chegara o‘tkazish punktlarida old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining (tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) xorijiy davlatlarning yengil avtotransport vositalariga nisbatan majburiy yig‘im undiriladi.
Tezyurar poyezdlar qatnovi uchun 500 km uzunlikdagi temir yo‘l loyihalari boshlanadi
Shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bog‘lash uchun 2026 yilda 500 km temir yo‘l qurish ishlari boshlanadi.
«Transport to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilinishi mumkin
Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti yangi tahrirdagi «Transport to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
O‘zbekistonda qutqaruvchilar kunini belgilash rejalashtirilyapti
FVV O‘zbekistonda qutqaruvchilar kunini belgilashga doir qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Fuqarolarga ijtimoiy yordamga ixtisoslashgan fondlar ochishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda mulkni boshqarishning innovatsion mexanizmi sifatida xalqaro amaliyotga asoslangan shaxsiy va xususiy fond elementlarini jamlovchi yaxlit qonun ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekistondagi muzey va ziyoratgohlarga «virtual sayohat» qilish imkoni yaratiladi
Madaniy meros agentligi tarixiy obidalar va muzeylarga sayyohlar oqimini ko‘paytirish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi.
O‘zbekistonda SI texnologiyalarini ishlab chiqishda etika qoidalari joriy etiladi
O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish hamda qo‘llashdagi etika qoidalari va tamoyillari tasdiqlanadi. Bu boradagi idoraviy buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Toshkentda An’anaviy san’atlar maktabini tashkil etish reja qilinyapti
Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.
Avtomobil «probeg»ini o‘zgartirib sotganlarga javobgarlik belgilanishi mumkin
Hozirgi kunda ijtimoiy xavfli qilmishlarning yangi shakllari keng tarqalmoqda. Xususan, foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotish maqsadida odometr ko‘rsatkichi (qancha masofa yurganini ko‘rsatuvchi tablo)ni soxtalashtirish holatlari kuzatilmoqda.
Senat dala chetidan unumli foydalanmaganlarni «jarimaga tortadigan» qonunni ma’qulladi
Qayd etilishicha, dala chetlariga ekin ekmaslik va yil davomida mahsulot yetishtirmaslik holatlari aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga hamda bozorlarda mahsulotlarning tannarxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mastlik holatida sodir etilgan YTHlar uchun jazo kuchaytiriladi – loyiha
Prezidentning 2025 yil 2 apreldagi 18-1-600/2-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «Tuman (shahar)larda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Ayrim toifa xotin-qizlar davlat tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga olinishi mumkin
Parlament Quyi palatasida deputatlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Yangiyer davlat muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali va Guliston davlat universitetining qishloq xo‘jaligi hamda muhandislik-texnika yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida Yangiyer davlat muhandislik va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish rejalashtirilyapti.
Hokimlar ogohlantirildi: Natija bo‘lmasa, mablag‘ qaytarib olinadi
Har bir tumanda 5 tadan, jami 1 ming 156 ta drayver loyiha infratuzilmasiga 300 milliard so‘m ajratilgan. Lekin...
Ma’lum yo‘nalishdagi sud ishlarida prokuror ishtirokini majburiy qilish taklifi berilyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishda deputatlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Fuqarolarning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqlari mustahkamlanadi – loyiha
Oxirgi 3 yilda kishiga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish/shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid ma’muriy huquqbuzarlik 2,5 baravar, bu boradagi jinoyat ishlari salkam 40foizga oshgan.
Kelgusida blogerlarning majburiyatlari biroz yengillashtirilishi mumkin
O‘tgan haftada Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida onlayn-platformalar bo‘yicha qonun loyihasi haqida birinchi marta xabar berilgan edi.
Internetdagi anonim kanal va guruhlarga qarshi kurashishning zamonaviy yechimi taklif etilyapti
Internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, turli davlat va jamoat tashkilotlari, media sohasi ekspertlari ishtirokida «Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Miting va namoyishlarni tartibga soluvchi qonun qabul qilinadi – loyiha
Bu borada Prezidentning tegishli farmoni loyihasida gap boradi.
Sun’iy intellektga oid munosabatlar tartibga solinadi – qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Bolalarga internet orqali uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan «Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik belgilashga doir norma muhokama qilindi.
Ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqib ketishini vaqtincha cheklash rejalashtirilyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Jinoyat protsessida majburlov choralari institutini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Sut mahsulotlari ustiga uning tabiiy yoki quruq sutdan ishlab chiqarilganini yozib qo‘yish shart bo‘ladi
Ushbu tartiblar Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.
Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
O‘zbekiston qamoqxonalaridagi kitobxon mahkumlar muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston qamoqxonalarida kitobxon mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin.
Kechiktirilgan «kadastr» uchun jarimalar kamaytirilmoqda
Bugun, 7-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Chorvoq suv ombori bo‘yida yirik turizm markazi quriladi
Loyihaga ko‘ra, unda dam olish, cho‘milish va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar bo‘ladi. Xalqaro brendlarning do‘konlari, restoran va xizmat shoxobchalari ochiladi.
Avtobus yo‘lagidagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik belgilanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mas’ul qo‘mita tomonidan jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
«Adolat» SDP va Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari a’zolari tomonidan aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi va Qonunchilik palatasiga kiritildi.
«Chig‘anoq» loyihasining ilk kitobi nashrdan chiqdi
«Mikrokreditbank» ATB hamda «Ijod nashr» nashriyoti O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish maqsadida hamkorlikda «Chig‘anoq» loyihasini ishlab chiqdi.
Mol-mulk va yer solig‘i oshyapti: 2025-yil uchun soliq siyosati loyihasi e’lon qilindi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun davlat budjeti hamda soliq siyosati loyihasini e’lon qildi.
Prezident ikki yirik loyihani ishga tushirishda ishtirok etdi (foto)
Qo‘ng‘irot – Beyneu avtomobil yo‘lining yangidan qurilgan 240 kilometr qismini hamda Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi.
2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga kelgusi yilda 78 ta tuman budjet xarajatini o‘zi qoplashga o‘tkaziladi. Buning uchun yer, mol-mulk va aylanma solig‘i to‘liq, daromad solig‘ining 50 foizi ularning o‘zida qoldiriladi.
O‘zbekistonning olis hududlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya loyihasi taqdim etildi
Joriy yilning 16 oktyabr kuni Aholi turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish Respublika «Taraqqiyot» jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda «Global Wash Initiative Fund» JTI SA bilan hamkorlikda O‘zbekistonning olis hududlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyatida to‘qqizta yangi loyiha qurilishiga start berildi (foto)
Marosimda shundan ikkitasi – Ohangaron tumanida barpo etilgan 2,5 megavattli kichik GES hamda Bo‘stonliq tumanida qurilgan 1,5 megavattli Ugam kichik GESi ishga tushirilmoqda. Mazkur quvvatlar yiliga 18 million 400 ming kilovatt soat “yashil” energiya ishlab chiqaradi va 7 ming 600 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
5 yilda 14 ta holat va 4 ta o‘lim: attraksionlardan foydalanish qoidalari tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi «Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasini e’lon qildi.
Probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berilyapti
Muhokamada deputatlarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlari ortib bormoqda va bu ushbu yo‘nalishdagi huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Qiynoq oqibatida kelib chiqqan o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Jinoyat kodeksining 235-moddasini xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi.

