
Toshkent metrosi poytaxtning TTZ dahasigacha uzaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Prezident Yevroittifoqning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissarini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mirziyoyev va To‘qayev bir-birlarini yaqinlashayotgan bayram bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Tovayev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident ikki nafar dehqonni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi To‘lqinjon Mansurov hamda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Sultonboy Xonimjon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Egamberdi Sobirovlarni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Prezident AQSh delegatsiyasini qabul qildi: tafsilotlar
O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mirziyoyev Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi
AQShda tornado sabab o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya davlat dumasi raisini qabul qildi
O‘tgan yil may oyida Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv va bitimlarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi.

Yelisey saroyida O‘zbekiston prezidenti sharafiga qabul marosimi o‘tkazildi (foto)
Tomonlar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishlarini bildirdilar.

Mirziyoyev Fransiyaga tashrif doirasida YuNESKO bosh direktorini qabul qildi
BMT tizimidagi ushbu nufuzli tuzilma bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, joriy yilning kuzida Samarqand shahrida tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Parijda kutib olindi (foto)
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Davlatimiz rahbari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Noyob minerallar bo‘yicha 2,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Prezident qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritishni taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti-soati kelgani ta’kidladi. Bu borada jamoatchilik fikri juda muhimligi qayd etildi.

Favqulodda vaziyatlar vaziri va o‘rinbosarlari nima uchun ishdan olingani ma’lum qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga e’tibor qaratildi.

Xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tish zarur – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda manfaatlar to‘qnashuvi, qimmat narxda tovar sotib olish yoki xizmat ko‘rsatish asosan davlat xaridlarida kuzatilayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda har bir vazir va hokimga bu yil barcha xizmatlar bo‘yicha davlat idoralari va aholi o‘rtasidagi munosabatlarni tuman kesimida baholaydigan tizim yaratish topshirildi.

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotganlar qayd etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish davomida ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurgani qayd etildi.

Endi sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmaydi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

So‘z erkinligi g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda hamisha qat’iy bo‘lamiz – Prezident
Yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev xalqimizni Ramazon oyi bilan tabrikladi
Yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmon birodarlarni, do‘st va hamkorlarni Ramazon oyining boshlanishi bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tiladi.

Beshta shaharda zamonaviy klinikalar quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini samarali tashkil qilishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni tabrikladi
Suhbat yakunida yetakchilar butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabriklab, qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Mirziyoyev va Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 21 fevral kuni telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markazi bilan tanishdi (foto)
Innovatsion texnologiyalar markazida 80 ga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Valiahdi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 fevral kuni Al-Kuvayt shahriga tashrif doirasida ushbu mamlakat Valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvaytdagi «As-Salom» saroy-muzeyi bilan tanishdi (foto)
Saroy 1960–1964-yillarda o‘ziga xos arab me’morchiligi uslubida bunyod etilgan va 1990-yilgacha Kuvaytga tashrif buyurgan xorijiy rahbarlar uchun rasmiy qarorgoh bo‘lib xizmat qilgan.

Prezident Kuvaytda yirik biznesmenlar bilan uchrashdi
"Fouad Alghanim & Sons" kompaniyasining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sog‘liqni saqlash va ta’lim ob’yektlarini qurish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Shavkat Mirziyoyevni Al-Kuvayt xalqaro aeroportida mamlakat Amiri kutib oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi
Al-Kuvayt shahrida oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilmoqda
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti boshlandi.

Prezident xalqaro ekspertlarni qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi.

Malayziyaning islom san’atiga oid nodir kolleksiyasi O‘zbekistonda namoyish etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi Malayziya Islom san’ati muzeyi rahbariyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Prezident Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim tor doirada muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri sheriklikni innovatsion rivojlantirish davrini boshlashga kelishib oldilar.

Shavkat Mirziyoyev Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida kutib olindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga boradi
Tashrif doirasida Kuala-Lumpur shahrida Bosh vazir Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisini qabul qildi
Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Islom sivilizatsiyasi markazidagi ishlar bilan tanishdi
Ushbu markaz Prezidentning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari uning poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi.

Mirziyoyev Turkmaniston TIV rahbarini qabul qildi
Toshkent shahrida Gurbanguli Berdimuhamedovning "Hakyda göwheri" ("Tafakkur gavhari") nomli yangi kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti o‘tkazilgani uchun Turkmaniston rahbariyati nomidan O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik izhor etildi.

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi.

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi
Yong‘inda 66 kishi halok bo‘ldi.

Prezidentning BAAga rasmiy tashrifi yakunlandi
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» egasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qadimgi Buyuk ipak yo‘lini o‘zaro energetik bog‘liqlik orqali tiklaymiz – Mirziyoyev
O‘zbekiston mamlakatda umummilliy harakat darajasiga ko‘tarilgan «yashil» taraqqiyot yo‘nalishda mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirib, Markaziy Osiyoni «yashil» iqtisodiy rivojlanish va «toza energiya» markazlaridan biriga aylantirish niyatida.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAAga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Transport xizmatlari eksportini kamida 3 mlrd dollarga yetkazish vazifasi belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni transport va logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sohasiga oid taqdimot bilan tanishdi
Sohaning sanoatdagi ulushi 3,5 foiz, tovarlar eksportida 10 foizni tashkil etadi.

Shavkat Mirziyoyev qisqa ta’tilga chiqdi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Mirziyoyev Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi
O‘zbekiston Prezidenti Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi (to‘liq matn)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi (to‘liq matn)

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqotlashdi
Davlatimiz rahbari va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birini tabriklashdi
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Prezident Yangi Toshkent transport infratuzilmasi va muhandislik tarmoqlari qurilishi bilan tanishdi
Yangi Toshkent 1 million aholi yashashiga mo‘ljallangan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, TDPU va «Yangi O‘zbekiston» universiteti binolarining qurilishi bilan tanishdi (foto)
Joriy yil 3-aprel kuni Yangi Toshkent shahrida ilk inshootlar qurilishi boshlangan edi.

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Prezident 26-dekabrda amaliy tashrifini yakunlab, «Pulkovo» xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga Oqtou shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga bordi (foto)
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga boradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan MDH va YeOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

Yil yakunida ajratilgan jami kreditlar 275 trillion so‘mni tashkil qiladi
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida pul ko‘payib, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratildi.

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi
Bizning tayanchimiz ham, suyanchimiz ham, eng katta kuchimiz ham shu sohada mujassam.

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan telefon orqali suhbatlashdi
Davlat rahbari Qatar Amirini milliy bayram - Davlatga asos solingan kun bilan samimiy qutlab, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Qatar xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Mirziyoyev Putin bilan muloqot o‘tkazdi
Suhbatda xalqaro vaziyat, jumladan Suriya va Ukraina masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Bo‘stonliqda yangi turistik majmua qurilmoqda (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy qutladi.

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi direktorini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Шавкат Мирзиёев Миллий олимпия қўмитаси раислигига сайланди
Шунингдек, Бош ассамблея МОҚ раисининг биринчи ўринбосари лавозимига Отабек Умаровни, раис ўринбосари лавозимига Шерзод Ташматовни, қўмита бош котиби лавозимига Ойбек Қосимовни сайлади.

Shavkat Mirziyoyev Yangihayotning Xushnud mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi (foto)
Mahalla 2021 yil tashkil etilgan. Bu yerdagi 48 ta ko‘p qavatli uy hamda 625 ta hovlida 11 mingdan ziyod aholi yashaydi.

Prezident Toshkent shahridagi «Yangihayot» industrial texnoparkida bo‘ldi (foto)
Texnopark uchun 110 gektar maydon ajratilgan. Hozir bu yerda 101 million dollarlik 8 ta korxona ishga tushirilgan, 520 ta ish o‘rni yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Bu yil poytaxtimizning Bektemir tumanida, Toshkent halqa yo‘li bo‘yida yashil hududga asos solindi.

Bugun Prezident Yangihayot tumaniga tashrif buyuradi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri atrofida «yashil» belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etadi.

O‘zbekiston prezidenti Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
«O‘zbekiston-2030» strategiyasini joriy yilgi davlat dasturi doirasida amalga oshirishning holati hamda kelgusi yilda islohotlarni yanada ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Surxondaryoda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar ochiladi
Kelgusi yilda Surxondaryoga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksportni 320 million dollarga yetkazish reja qilingan.

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Viloyatga kelgusi yil 1,5 milliard dollar investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan. Bu ko‘plab korxonalar, ish o‘rinlari va turmush farovonligiga asos bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurorini qabul qildi
Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida hamkorlik muhokama qilindi.

Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Andijon viloyati hokimi qaror loyihasini taqdimot qildi.

Faxriy donorlarga jamoat transporti bepul bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-noyabr kuni kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Prezidentning Ozarbayjonga safari yakunlandi
Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Bokuda tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Chexiya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Chexiya an’anaviy ravishda mamlakatimizning Yevropadagi muhim hamkori hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev COP 29 da bildirgan asosiy taklif va tashabbuslar
O‘zbekiston prezidenti 2025-yil 15-may kuni o‘tkaziladigan Raqamli «yashil» tashabbuslar global festivaliga barchani taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Sharl Mishel bilan uchrashdi
Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident global iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga keldi
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahriga amaliy tashrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.

Prezident Mirziyoyev Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportda kutib olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.