93 mingdan ortiq o‘zbekistonlik telefon raqamini ko‘chirish xizmatidan foydalangan
Abonent raqamini ko‘chirish xizmati rasman 2023-yilda ishga tushirilgan. Ushbu xizmat orqali abonent mobil aloqa operatorini o‘zgartirgan holda abonent o‘ziga qulayroq tariflarni, sifatli mobil aloqa va qo‘shimcha xizmatlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda esa amaldagi telefon raqami to‘liq saqlab qoladi.
MNP bu nima?
Bu telefon raqamini (operator kodini) saqlagan holda mobil raqamni boshqa mobil aloqa operatoriga o‘tkazish xizmati.

