Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hojiboy Tojiboyev mast holda avtomobil boshqarayotganda...» yoki «Suiqasd uyushtirilib vafot etdi» kabi mish-mishlar qayerdan chiqqan?

28/05/2018

— Otam rahmatli jigar xastaligi bilan roppa-rosa olti yil kurashdi. Bormagan tabibi-yu shifokori qolmadi. Hatto xorij klinikalarida ham davolandi. Ammo muolajalar kutilgan samarani bermadi. Oyoqlari va qorni shishib, rangi ham so‘lg‘inlashib boraverdi. Dekabr oyida bergan so‘nggi konsertini ko‘rsangiz ozib ketganiga ham guvoh bo‘lasiz. Konsertdan keyin ikki oy o‘tib, to‘shakka mixlanib qoldi...