Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
Hukumatning «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Biz baxtlimiz! Sizchi?
Hayotingizga motivatsiya yetishmayaptimi? Ishlaringiz yurishmay umidsizlikka tushyapsizmi? Sog‘ligingizda muammo bormi?
O‘zbekistonda 1 mln nafardan ortiqroq nogironligi bo‘lgan shaxslar bor
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 2025-yil 1-avgust holatiga 1 055 770 nafarni tashkil etmoqda.
Nogironlik sababli kamsitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti
Mazkur hujjat bilan Jinoyat kodeksi 141-4-modda bilan (Nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitish) to‘ldiriladi.
Avtobuslarni jismoniy imkoniyati cheklanganlarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
Reglamentga ko‘ra, avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
Endilikda Nogironlik pensiyalari ham proaktiv shaklda tayinlanadi
Endilikda fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Nogironlikni belgilashdagi VKK tizimidan voz kechiladi
Nogironlikni belgilashda VKK – vrachlik-maslahat komissiyalari degan korrupsion tizimdan to‘liq voz kechilishi belgilandi. Endilikda nogironlik oilaviy shifokor rasmiylashtirgan hujjat asosida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun transport xizmati loyihasi ishga tushiriladi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha obektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati loyihasi ishga tushiriladi.
Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yangi vazifalar yuklatildi
Ba’zi nogironligi bor insonlarda psixologik bosimlar sababli o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmaydi.
Nogironligi borlarni reabilitatsiya qamrovi 1 foizga ham yetmaydi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala nogironligi borlar bilan ishlash bo‘ldi.
Toshkent xalqaro aeroportida maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda
Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlarni o‘rnatish boshlandi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylash va saylanish huquqi ta’minlanmoqda
Bu borada tegishli qonun bilan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Belgilangan ko‘chalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtiriladi
Bu borada joriy yil 18 iyul kuni Prezidentning PQ-266-son qarori qabul qilindi.
Nogironlikni elektron tarzda belgilash tartibi yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentning joriy yil 16 iyul kuni imzolangan PQ-257-son qarori bilan nogironlikni belgilash tizimi takomillashtirilmoqda.

