O‘zbekistonning ilk milliy musiqa platformasi — OHANG ishga tushdi!
O‘zbekiston musiqiy madaniyati tarixida yangi sahifa ochildi. Bugungi raqamli asrda milliy o‘zlikni saqlash va uni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois O‘zbekiston milliy musiqasiga bag‘ishlangan ilk yirik raqamli platforma — OHANG foydalanishga topshirildi. Bu loyiha davlat va texnologiyaning madaniy merosni asrash yo‘lidagi noyob hamkorligining namunasi bo‘ldi.

