“Erkabulan, qayerdasan?” — oktagon mag‘lubiyat maydonimizga aylanmasin
Yoshligimizda ko‘chada yoki maktab atrofida bir manzara ko‘p takrorlanardi. Yoshi sal kattaroq, qitmirroq bolalar o‘zidan kichiklarni yoniga chorlab, bosh barmog‘ini tik tutar, ovozini ingichka qilib: “Kim xuroz? Kim makiyon?” — deb gij-gijlovchi qiliqlar qilardi.

