Kam uchraydigan va boshqa irsiy kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatiladi
Joriy yil 3 noyabrdagi «2026–2030 yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ–331-son qaror bilan 2026–2030 yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarni davolash va oldini olishning asosiy maqsadlari belgilab olindi.
Kam uchraydigan irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlar registri tashkil etiladi
Qaror bilan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasallikka chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

